Kamina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kamina (taxallusi; asl ismi Mamatvali) (1770—1840) — turkman mumtoz shoiri. Xiva, Buxoro madrasalarida oʻqigan. Ijodida hajviyot yetakchi oʻrin egallaydi. Qator sheʼrlarida zamona nosozliklari tanqid etilgan ("Gʻariblik", "Qozim", "Davr", "Aklga ishon", "Yarashmas" va b.). "Zulfing", "Bilo bilmadim", "Kelinlar", "Ersarining qizi" kabi sheʼrlarida turkman xalqini birlikka, urugʻlararo ahillikka chaqiradi, sevgi va sadoqat, erk va baxt kabi yuksak gʻoyalarni kuylaydi. K. sheʼrlari turkman, oʻzbek baxshi va ashulachilari repertuaridan keng oʻrin olgan. K. Sharq xalqlari adabiyotida satira janri taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan. Turkman xalqi orasida K. nomi bilan bogʻliq latifalar keng tarqalgan. Asarlari oʻzbek va b. qardosh turkiy tillarga tarjima qilingan. K. tavalludining 200 yilligi keng nishonlangan (1971).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil