Kaltacha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kaltacha — ayollarning ustki kiyimi. Oʻrta Osiyo (asosan, oʻzbek, tojik) ayollarining uzun, oldi ochiq, keng yengli, avra-astarli (baʼzan yupqa paxta solib qavilgan) qad. kiyimi. Beqasam, kimxob, baxmaldan tikilgan, yoqasiz (yoqa oʻrnida jiyak yoki sidirgʻa shoyi, adrasdan adip tutilgan), beli qisiq (tor) boʻlgan. Buxoroda K.ning yoqasi, old qismi, etak, yeng uchlariga zardoʻzi gul tikib, atrofiga jiyak tutilgan. 20-asr boshlaridan marosim (aza)larda kiyiladi. Urfdan qolgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil