Kalsiy nitrat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kalsiy nitrat (kalsiyli selitra), Ca(NO3)2 — nitrat kislotaning kalsiyli tuzi. Rangsiz kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 56G, zichligi 2,36 g/sm3. 500°da kislorodini yoʻqotib avval kalsiy nitrit Ca(NO2)2 ga aylanib, soʻngra kalsiy oksid SaO va azot (1U)-oksid NO2 ga parchalanadi. Suvda eruvchanligi (100 g da g hisobida): 128,8 (20°da), 359(51,6° da). Kristallogidratlar hosil qiladi. Ohaktoshni nitrat kislotada eritib yoki ohaktoshning suvdagi eritmasiga azot (1U)-oksidni yuttirib olinadi. Azotli oʻgʻit sifatida hamda oʻta toza kalsiy oksid olishda ishlatiladi (yana qarang Azotli oʻgʻitlar).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil