Kalkulyasiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kalkulyasiya (lot. calculatio, calculo — hisoblayman, hisob-kitob) — mahsulot birligi yoki bajarilgan ish tannarxini hisoblab chiqarish. K. tannarx boʻyicha reja yoki hisobotning asosiy koʻrsatkichlaridan biri hisoblanadi. Korxonada aniq bir turdagi mahsulot birligini i.ch. va sotish boʻyicha, shuningdek, xalq xoʻjaligining sanoat, transport va b. tarmoqlarida ish birligini (tashish, taʼmirlash va b.) bajarish uchun qilingan harajatlarni pul shaklida ifoda etadi. K. quyidagi turlarga boʻlinadi: reja K.si (ilgʻor ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etishning ilgʻor usullarida mehnat sarflari meʼyorlari asosida tuziladi). Bunday K. navbatdagi davr uchun (yil, chorak) ayrim mahsulotlarning oʻrtacha tannarxini belgilashda qoʻllaniladi, ulgurji narxni belgilashga asos boʻladi; hisobot K. (xatga olish maʼlumotlari asosida hisoblanadi, reja vazifalari bajarilishini nazorat qilish uchun tuziladi, amaldagi harajatlar darajasini koʻrsatadi); normativ K. (i.ch. vositalari va ish vaqtidan foydalanishning mavjud meʼyorlari asosida tuziladi); l o y i ha K. (boshqa koʻrsatkichlar bilan bir qatorda kapital qoʻyilmalar va yangi texnikaning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda qoʻllaniladi). Shuningdek, tannarx K.si ishlab chiqarish, toʻliq, tarmoq va b. K.larga boʻlinadi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil