Kalka (chizmachilik)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kalka — chizmachilikda ishlatiladigan shaffof qogʻoz yoki mato. Kalandrlanadigan (maxsus valli presslarda zichlangan, tekislangan va yaltiratilgan) va oddiy (kalandrlanmagan) xillari boʻladi. Kalandrlangan va maxsus modda shimdirilgan K. chizmachilik (vatman) qogʻoziga qalamda chizilgan chizmadan tush va yorugʻlik yordamida koʻplab nusxa koʻchirish uchun; oddiy K. (shaffof qogʻoz) qalamda nusxa koʻchirish uchun ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil