Kontent qismiga oʻtish

Kalit (musiqa)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kalit – besh qatorli nota yozuvining birortasiga qoʻyiladigan maxsus belgi. Kalit aynan shu chiziqda joylashgan nota nomi va balandligini, ayni paytda barcha chiziqdagi notalarda ifodalangan tovushlar balandligini belgilaydi. Zamonaviy nota yozuvida, asosan, sol yoki skripka kaliti, fa yoki bas kaliti, baʼzida do yoki alt kaliti, tenor kalitlar qoʻllanadi[1].

Alt kaliti – do kaliti tizimiga mansub musiqiy kalit boʻlib, bunda birinchi oktavadagi do (c1) nota yoʻlining 3-chizigʻiga toʻgʻri keladi. Bu kalitda kamoncha bilan chalinadigan cholgʻu asboblari, jumladan alt, alt-gʻijjak va shunga oʻxshash boshqa cholgʻular uchun notalar yoziladi[2][3].

  1. „Kalit (musiqa)“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (K-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
  2. I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987. 
  3. I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2.