Kali-durga

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kali-Durga (sanskrit. दुर्ग – yetish qiyin bo`lgan) – Shivaning rafiqasi – Devining jangchi qiyofalaridan biri. Dunyo tartibini saqlovchi Shivaning shakti(energiya)si in`ikosi. Vindxya tog`ida sakkizta yordamchisi – qonxo`r yoginilar qurshovida yashaydi. Yo`lbars yoki sher ustida o`tirgan o`nta qo`lli ayol qiyofasida tasvirlanadi. Qo`llarida Shivaning uch shoxli nayzasi, Vishnuning gardishi, Vayuning kamonini tutib turadi.