Kalanchoe daigremontiana
Kalanchoe daigremontiana (shuningdek, Daigremont, lotincha: Kalanchoe daigremontiana yoki Bryophyllum daigremontianum) — oʻtsimon sukkulent oʻsimlik, Kalanxoe turkumiga Semizakdoshlar oilasiga mansub tur[1].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toʻgʻri, odatda shoxlanmagan poyasi 100 sm gacha balandlikda va yirik goʻshtli barglari boʻlgan oʻsimlik. Barglarning uzunligi 12-15 sm ga yetadi va qirralari boʻylab tishchalari bor. Tishchalari oraligʻida mitti parxishlangan oʻsimliklar — ajratuvchi kurtakchalari[2] hosil boʻladi. Tuproq yuzasiga tushib, namlik mavjud boʻlganda, ular darhol ildiz otadi.
Yevropada oʻsimlik 1925-yildan beri yetishtiriladi[3].
Parvarishlash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kalanxoe qishda 10-16°C haroratda saqlanadi, lekin agar tuproq quruq boʻlsa va oʻsimlik qotib qolsa, u hatto yengil sovuqqa ham bardosh bera oladi. Barcha sukkulentlar singari, bu oʻsimlik juda chidamli. Tuproq butunlay quruq boʻlsa ham, Kalanxoe havodan namlik bilan oziqlanib, qiyinchiliksiz oʻsishda davom etadi.
Xonaki oʻsimlik sifatida oʻsimlik har yili bahorda 2:2:1 nisbatda bargli, serildiz tuproq va qumdan tashkil topgan tuproq aralashmasiga oʻtkaziladi. Tuproq juda ozuqali boʻlmasligi muhimdir. Barglarga suv purkatish shart emas, aksincha past haroratlarda bu oʻsimlik uchun xavfli boʻlishi ham mumkin. Kalanxoe uchun toza havo maʼqul — xonani shamollatib turish muhim, lekin yelvizakda qolib ketmasligi kerak. Issiq mavsumda oʻrtacha sugʻoriladi. Qishda, suv haroratga qarab — u qanchalik past boʻlsa, sugʻorish kamroq boʻladi.
Qalamchalar, ajratuvchi kurtaklari va urugʻlar bilan koʻpaytiriladi.
Dorivor xususiyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anʼanaviy tibbiyotga koʻra, Kalanchoe daigremontiana (bu oʻsimlikning sharbati) uzoq vaqtdan beri kundalik hayotda koʻplab kasalliklarni davolashda ishlatilgan, shuningdek, gemostatik, yaralarni davolash va yalligʻlanishga qarshi xususiyatlarga ega[4]. Kimyoviy tarkibi glikozidlar, flavonoidlar va lipidlarni oʻz ichiga oladi — oxirgisi har xil turdagi saraton hujayralariga qarshi sitotoksik faollikka ega triterpenoidlar va bufadienolidlardan iborat. Nano-kapsullangan va boshqa shakllarda Kalanxoe suv- etanol ekstraktlaridan foydalangan holda saratonga qarshi terapiyada ishlatilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari koʻkrak bezi saratonida ijobiy selektiv sitotoksik taʼsir koʻrsatdi[5][6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Об условности указания класса двудольных в качестве вышестоящего таксона для описываемой в данной статье группы растений см. раздел «Системы APG» статьи «Двудольные».
- ↑ "Vsyo o komnatnix rasteniyax", D-r. D. G. Xessayon, ISBN 5-93395-004-1;
- ↑ "Jizn rasteniy", Brem,_Alfred, ISBN 5-699-06244-0
- ↑ Klevenskaya T. M. Tsveti doma i v sadu. — Neprixotlivie komnatnie rasteniya. M., Olma-Press, 2002
- ↑ International Journal of Pharmacognosy and Phytochemical Research 2015; 7(5); 888-895; ISSN: 0975-4873
- ↑ „Nanoencapsulation of the Aranto (Kalanchoe daigremontiana) aquoethanolic extract by nanospray dryer and its selective effect on breast cancer cell line“.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Бесараб С. „Его Высочество Каланхоэ (+Толстянковые)“. patreon.com (2021-yil 15-oktyabr).