Kalamin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kalamin (lot. Calamina) — mineral, ruhning suvli ortosilikati. Kimyoviy formulasi Zn2SiO4 • N2O. Kristallari rombik singoniyali, tayoqchasimon va ignasimon hamda toshma, donador va zich hosilalar koʻrinishida. Rangi tussiz, oq, sargʻimtir-yashilrokdan zangorigacha. Yashil-zangori tusda tovlanadi. Aliq ifodalangan piroelektrik xususiyatlarga ega. Qattiqligi 4—5; zichligi 3,4—3,5 g/sm’. Smitsonit va villemit bilan birgalikda qoʻrgʻoshinruxli konlarning oksidlanish zonasida vujudga keladi. Rux rudasi sifatida maʼlum. Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston hududlarida (Olmaliqdagi Qoʻrgʻoshinkon, Qoramozorning koʻpgina konlari) keng tarqalgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil