Kakku yoʻsini

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kakku yoʻsini, kakku zigʻiri (Polytrichum commune) — barg-poyali yoʻsinlarning bir turi. Boʻyi 40 sm cha. Poyasining uchida kakkuga oʻxshash qalpoqchali spora qutichasi (sporangiy) boʻladi. Botqoq va zax yerlarda oʻsadi. Oʻzbekistonda ariq chetlarida, tosh va qoyalarda, daraxt poʻstloqlarida oʻsadi. K.y.dan baʼzan devorlarga va mebelga tiqishda foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil