Kainit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kainit (yun. kainos — yangi) — sulfatlar sinfiga mansub mineral, kimyoviy formulasi KMg(SO4)Cl-3H2O. Mineral oʻta gigroskopik, havoda toʻzuvchi donador va poʻstloqsimon oqish massalardan iborat. Monoklin singoniyali; rangi tarkibidagi qorishmalarga bogʻliq holda turlicha boʻladi — sargʻish, kulrang baʼzan qizil; shishasimon yaltiroq; suvda oson eriydi. Qattiqligi 2,5—3; zichligi 2—2,2 g/sm3. Sulfatli tuz konlarida vujudga keladi, kizeritli, karnallitli, galitli va b. aralashmalarda koʻp uchraydi. Oʻzbekistonda keng tarqalgan. Q.x. oʻgʻitlari uchun, kaliy va magniy tuzlarini olishda xom ashyo sifatida foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil