Kai Herdling

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kai Herdling
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 27-iyun 1984-yil (1984-06-27) (39 yosh)
Tavallud joyi Heidelberg, Gʻarbiy Germaniya
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1996-2000 SG Heidelberg-Kirchheim
2000-2002 SpVgg Neckarsteinach
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002-2008 1899 Hoffenheim 56 (7)
2002-2008 1899 Hoffenheim II 112 (77)
2008 Waldhof Mannheim 14 (11)
2009-2016 1899 Hoffenheim II 143 (59)
2010-2016 1899 Hoffenheim 25 (2)
2012Philadelphia Union (ijara) 4 (0)
Boshqargan klublari
2020 1899 Hoffenheim (vaqtinchalik)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Kai Herdling (talaffuzi: Kay Herding; 1984-yil 27-iyunda tugʻilgan) — Germaniyalik sobiq professional futbolchi, asosan TSG 1899 Hoffenheimda oʻynagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Heidelbergda tugʻilgan Herdling faoliyatini SG Heidelberg-Kirchheim bilan boshladi va keyinchalik SpVgg Neckarsteinach klubining yosh toifadagi jamoasiga oʻtdi. 2002—2003-yilgi mavsum boshida Regionalliga Süd vakili TSG 1899 Hoffenheimga qoʻshildi.

2003—2004 DFB-Pokalning uchinchi bosqichida Herdling Bundesliga vakili Bayer 04 Leverkusenga qarshi oʻyinda gʻalaba keltiruvchi gol urdi va uchrashuv 3:2 hisobida yakunlandi[1].

Keyinroq Hoffenheim bilan hayrlashib, 2008—2009-yilgi mavsum oldidan Regionalliga vakili Waldhof Mannheim jamoasiga qoʻshildi[2]. 2008—2009-yilgi mavsumning birinchi yarmidan soʻng Herdling 2009-yilning 26-yanvarida Hoffenheimga qaytdi[2].

2. Bundesliga debyut oʻyini 2008-yil 28 martda „Augsburg“ ga qarshi boʻlib oʻtdi. Ikkinchi diviziondagi birinchi golini 2008-yil 13-aprelda Alemannia Aacheenga qarshi oʻyinda (2:1) kiritdi.

Bundesligadagi debyutini 2010-yil 7-mart kuni „Mainz 05“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi, ammo keyinroq Hoffenheimning zaxira jamoasida oʻtdi[3].

2012-yil 16-aprelda Herdling Major League Soccer vakili Philadelphia Unionga ijaraga berildi[4], ikki oy davomida oʻynadi. Amerikadagi vaqtida toʻrtta liga oʻyinida (uchinchi turdan boshlab) va ikkita Lamar Hunt AQSh ochiq kubogida ishtirok etgan.

Hoffenheimning DFB-Pokal birinchi bosqichida SG Aumund-Vegesackga qarshi oʻyinda (9-0, gʻalaba) ikkita gol urganidan soʻng, murabbiy Markus Gisdol uni 2013—2014-yilgi mavsum uchun asosiy jamoaga oʻtkazdi[3]

2016-yilning may oyida Herdling tizzasidagi davomiy jarohat tufayli 2015—2016-yilgi mavsumda birorta ham oʻyin oʻtkazmadi. Mavsum oxirida faoliyatini yakunlashini eʼlon qildi[5].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

5-iyun, 2012-yil holatiga koʻra
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Qitʼa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Waldhof Mannheim 2008—2009 Regionalliga Süd 14 11 0 0 0 0 0 0 14 11
TSG 1899 Hoffenheim 2009—2010 Bundesliga 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
TSG 1899 Hoffenheim II 2010—2011 Regionalliga Süd 30 19 0 0 0 0 0 0 30 19
2011—2012 24 9 0 0 0 0 0 0 24 9
Jami 54 28 0 0 0 0 0 0 54 28
Philadelphia Union 2012 MLS 4 0 2 0 0 0 0 0 6 0
Jami faoliyati 73 39 2 0 0 0 0 0 75 39

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Leverkusen blamiert sich in der Provinz“ (de). spiegel.de (2003-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2010-yil 28-avgust.
  2. 2,0 2,1 „TSG holt Herdling“ (de). kicker.de (2010-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2010-yil 28-avgust.
  3. 3,0 3,1 „Der ewige Herdling“ (de). Rhein-Neckar-Zeitung (2013-yil 10-avgust). 2013-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-avgust.
  4. „Union sign German MF/FW Kai Herdling“. Philadelphia Union (2012-yil 16-aprel). Qaraldi: 2012-yil 1-iyul. [sayt ishlamaydi]
  5. „Kai Herdling: "I am staying faithful to TSG"“. TSG 1899 Hoffenheim (2016-yil 12-may). Qaraldi: 2016-yil 23-avgust.