Kahi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kahi
Tavalludi
Park Ji-young

25-dekabr 1980-yil (1980-12-25) (43 yosh)
Janubiy Koreya
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • qoʻshiqchi
  • raqqosa
  • aktrisa
  • qoʻshiq yozuvchisi
Turmush oʻrtogʻi Yang Joon-mu (m. 2016)
Bolalari 2 nafar

Park Ji-young (1980-yil 25-dekabrda tugʻilgan), Kahi nomi bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi, raqqosa va aktrisadir. Janubiy Koreyadagi After School qizlar guruhining sobiq sardori sifatida tanilgan. 2012-yil iyun oyida Kahi After School guruhidan chiqib ketgan va 2015-yil yanvar oyida shartnomasi tugashidan oldin Pledis kompaniyasi bilan yakkaxon qoʻshiqchi va aktrisa sifatida faoliyatini davom ettirgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2000-yilda Kahi DJ Docning „Run to You“ mega-xiti uchun bosh raqqosa sifatida tanlangan. Biroq, bu bir lahzali muvaffaqiyat unga katta stress olib kelgan va oxir-oqibat uni sahnadan bir muddat ketishga majbur qilgan. Daromad qilish uchun u farrosh, ofitsiant va sotuvchi boʻlib ishlagan. SM Entertainmentdagi xoreograf unga BoA guruhi uchun vaqtinchalik raqqosa boʻlish imkoniyatini bergan, bu esa keyinchalik toʻliq vaqtli lavozimga aylangan. U asta-sekin raqqosa sifatida shuhrat qozongan va uning BoA bilan ishi uch yildan ortiq davom etgan. BoA guruhidan tashqari, u Country Kko Kko, Jinusean, 1TYM, Lexy, Chae Yeon, Eun Ji Won va boshqalarning qoʻshigʻida ijro etuvchi bosh raqqosa edi. U, shuningdek, Son Dam Bi, May Doni va uning sobiq guruhdoshi Kim Jung Ahning raqs oʻqituvchisi boʻlgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil 26-mart kuni Kahi Gavayidagi xususiy marosimda tadbirkor Yang Jun-muga (Incase Korea bosh direktoriga) turmushga chiqqan[1][2]. 2016-yil may oyida Kahi turmush oʻrtogʻi bilan birinchi farzandini kutayotganini eʼlon qilgan[3]. 3-oktyabr kuni Kahi Yang Noah ismli oʻgʻil farzandini dunyoga keltirgan. Kahi 2018-yil 16-iyun kuni ikkinchi oʻgʻli Yang Si-onni dunyoga keltirdi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Bahk Eun-ji. „K-pop diva Kahi to marry millionaire“. The Korea Times (15-mart 2016-yil). Qaraldi: 12-aprel 2016-yil.
  2. Jeong Byung-ki. „Singer Kahi to be wed in Hawaii“. Korea JoongAng Daily (16-mart 2016-yil). Qaraldi: 12-aprel 2016-yil.
  3. Lee Kyung-ho. „Star News“ (ko). Star News (13-may 2016-yil). Qaraldi: 4-iyun 2016-yil.
  4. „가희 측 "오늘(3일) 득남, 병원서 안정 취하는 중"“ (2016-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 4-oktyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]