Chae Yeon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chae Yeon
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Lee Jin-Sook
10-dekabr 1978
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Janr K-pop
Faoliyat yillari 2001-hozirgacha

Chae-yeon Lee (koreyscha: 이채연; 1978-yil 10-dekabrda tugʻilgan), mononim nomi bilan Chae Yeon sifatida tanilgan, koreys pop qoʻshiqchisi boʻlib, u 2014-yildagi „Two of Us“ singlida (koreyscha: 둘이서) oʻzining toʻlqinli raqs uslubi bilan shuhrat qozongan.

Yoshligi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chae Yeon 1978-yilda Seulda tugʻilgan. Yuqori martabaga erishish uchun unga koʻp yillar kerak boʻlgan. U 2001-yil 1-yanvarda Yaponiyada olti aʼzodan iborat boʻlgan Brand New Biscuits (yaponcha: ブランニュービスケット?) nomli musiqa guruhining bir qismi boʻlgan. Brand New Biscuits ishtirokchilari qatorida yana bir koreyalik qoʻshiqchi Yuny Han (Han Tae Yoon) ham bor edi. Chae Yeon, shuningdek, 2001-yildan 2000-yilgacha „Jinny“ nomi ostida UltraCats guruhining aʼzosi boʻlgan.

Chae Yeon Yaponiyadagi koʻngilochar kompaniya tomonidan oʻtkazilgan tinglovdan oʻtib, Yaponiya NTV telekanalida birinchi marta „Uchan Nanchan no Urinari!“ deb nomlangan mashhur shouda ishtirok etgan. U deyarli uch yil davomida suratga tushgan. Teleshou bilan bir qatorda, Chae Yeon (oʻsha paytda Jinny) Yaponiyada uchta singl va bitta mini-albom chiqargan qoʻshiqchi sifatida ommaga tanilgan.[1]

Chae Yeon 2009-yilgi Sharqiy Osiyo oʻyinlarining yopilish marosimida chiqish qilmoqda

Chae Yeon oʻz albomini targʻib qilishdan tashqari, KBS ning Happy Sunday dasturining bir qismi boʻlgan Hi-Five aktyorlari tarkibiga ham qoʻshilgan. Hyun Young ham ishtirok etgan realiti-estrada shousida yulduzlar turli vazifalarni, jumladan, musiqiy filmda rol oʻynash, styuardessa boʻlish va jangovar filmlarda har xil tryuklarni bajarishda muvaffaqiyat qozonishga harakat qilishi kerak boʻladi. U 2008-yilda shou bekor qilinmaguncha uning bir qismi boʻlib qolgan.

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kompilyatsiya albomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nom Albom tafsilotlari Peak Chart Sotuv
KOR
[2]
Birinchi cheklangan nashr
  • Chiqarilgan: 2006-yil 23-may
  • Leybl: Yecheon Media
  • Format: CD, kasseta
Yoʻq Yoʻq

Singllari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nom Yil Peak chart Sotuvlar Albom
KOR
[3]
"Third Love" (세번째 사랑) 2006 Maʼlumot yoʻq
"Obvious" (안봐도 비디오) 2015
  • KOR: 13,835+[4]
albomsiz singl
"Bazzaya" (봤자야) 2018 70 Maʼlumot yoʻq

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mnet Asian Music Awards[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Kategoriya Ijrosi Natija
2003 Eng yaxshi yangi ayol ijrochi "Dangerous Directing" (위험한 연출) Nominatsiya
2005 Eng yahshi ayol ijrochi "Two Of Us" (둘이서) Nominatsiya
2007 "My Love" Nominatsiya
2009 "Shake" Nominatsiya

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „금주 핫 이슈, 섹시 논란 '채연'“. 15-fevral 2006-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-sentabr 2006-yil.
  2. „K-pop Album Sales Volume“ (ko). Recording Industry Association of Korea. 19-fevral 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-oktabr 2018-yil.
  3. „Gaon Digital Chart“ (ko). Gaon Chart. 9-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-oktabr 2018-yil.
  4. „2015년 27주차 Download Chart (Domestic)“ (ko). Gaon Music Chart. 12-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-oktabr 2018-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]