Kafillik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kafillik — jinoyat protsessida ehtiyot choralaridan biri. Surishtiriruvchi, tergovchi, prokuror yoxud sud tomonidan ayblanuvchiga va sudlanuvchiga nisbatan, ular surishtiruv, dastlabki tergov va suddan yashirinishi, haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilishi yoki jinoiy faoliyat bilan shugʻullanishining oldini olish uchun qoʻllanadi. K.ni muayyan shaxs, jamoat birlashmasi yoki jamoa beradi. K.ka berilayotgan shaxs qanday jinoyat qilganlikda ayblanayotgani va qanday jazoga tortilishi qaqida K.ka oluvchiga tushuntiriladi va undan tilxat olinadi. K.ka oluvchi K.dan voz kechishga haqyai. K.ka olgan shaxs oʻz majburiyatini bajarmasa, qonun boʻyicha javobgarlikka tortiladi (Oʻzbekiston Respublikasi MJK, 208-modda).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil