Kachkanar temir ruda konlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kachkanar temir ruda konlari — RFning Sverdlovsk viloyatida joylashgan. Ural toglaridagi eng yirik konlardan. 18-asrdan maʼlum. Ikkita asosiy kon — Kachkanar va Gusevogorsk temir ruda konlaridan iborat. Rudalar 160 m chuqurlikkacha mukammal oʻrganilgan. Ularning 500—600 m chuqurlikkacha borligi aniqlangan. Asosiy ruda minerallari magnetit va ilmenit hisoblanadi, baʼzan pirit, xalkopirit va pirrotin ham uchraydi. Rudadagi temir miqdori oʻrtacha 16— 17% ni tashkil etadi. Bundan tashqari, 1,2—1,3% titan, 0,14% vanadiy, ozroq platina ham bor. Tarkibida 16% temir boʻlgan balans zahirasi 2 mlrd. t ni tashkil etadi. Konlardan ruda ochiq usulda olinadi. 1975 y. konchilik sanoati kti ishga tushirilgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil