Kontent qismiga oʻtish

Kabir Komilov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Kabir va familiyasi Komilov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Kabir Komilov (1911.19.11 - Toshkent — 1998.27.12) — huquqshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989). Toshkent yuridik institutida oʻqigan (1935—39). Adliya xalq komissarligi tizimida ishladi: Oʻzbekiston SSR Adliya vaziri (1944—47), respublika Oliy sudi raisi (1947—50). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Huquq boʻlimida (1951—58) katta ilmiy xodim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumida ilmiy kotib muovini (1960—66). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq institutida katta ilmiy xodim (1958—60), shoʻba mudiri (1968-yildan). K. mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarishi toʻgʻrisidagi qonunlarni hayotga joriy etishning huquqiy muammolari ustida i.tlar olib bordi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil