Kontent qismiga oʻtish

Kabelli televideniya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Kabelli televideniyedan yoʻnaltirildi)

Kabelli televideniya - televizion koʻrsatuvning xususiy tizimi. Bunda televizion signallar foydalaniladigan antennaga bevosita ulanadigan yuqori chastotali kabel boʻyicha uzatiladi va bu signallarni oddiy televizorlar qabul qiladi. Koʻpincha (ayniqsa, tijorat maqsadlarida), kabelli televizion koʻrsatuvlari shunday kodlab qoʻyiladiki, ularni qabul qilish uchun qoʻshimcha dekodlovchi qurilma oʻrnatishga toʻgʻri keladi. Bu qurilmani ayni televizion kanal egasi hisoblangan firma oʻrnatadi. Kabelli televizion koʻrsatuvlari vaqt va hudud jihatdan cheklangan boʻladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil