Kabachka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kabachka, qovoqcha (Cucurbita pepo var. giraumontia) — qattiq poʻstli qovoklar guruhiga mansub sabzavot ekini. Bir yillik, bir uylik, palakpoyasi qisqa oʻsimlik. Gretsiya va Italiya K.lari turlari bor. Mevasi shakli uzunchoq, silindrsimon, ogʻirligi 350—400 g ., sirti silliq, tuyey och yashil, toza pishganda novvotrang . Mevasi 40—45 kunda yetiladi. Tarkibida (%) quruq modda — 4,9, shu jumladan, qand — 2,55, oqsil — 0,55, yogʻ — 0,13, kalsiy, fosfor va klechatka bor. 2—4 kunlik yosh mevasi sirkalash uchun,yetilgan mevalari pazandachilikda va konserva sanoatida ishlatiladi, yirik mevalari yangiligida chorva mollariga beriladi (1 kg =0,07 ozuqa birligi) va silos qilinadi. Tabobatda uning guli kaynatilib, suvi yaralarni muolaja qilishda qoʻllaniladi. Oʻzbekistonda Grek 110 navi ekiladi. Urugʻlari tuproq harorati 12—15° ga yetganda 5—7 sm chuqurlikda ekiladi. 1 ga maydonga oʻrtacha 2,5 kg urugʻlik sarflanadi. Erta hosil yetishtirish uchun koʻchatini tuvaklarda oʻstirib, qorasovuklardan keyin 20—25 kunligida ochiq maydonlarga ekish mumkin.

Botir Azimov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil