Kaarlo Castrén

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kaarlo Castrén
Kaarlo Castrén.jpg
Finlandiya bosh vaziri
Mansab davri
1919-yil 17-aprel — 1919-yil 15-avgust
Prezident Kaarlo Juho_Stahlberg
Oʻtmishdoshi Lauri Ingman
Vorisi Juho Vennola
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 28-fevral 1860
Vafoti 19-noyabr 1938

Kaarlo Castrén (1860-yil 28-fevral – 1938-yil 19-noyabr) — Finlandiya siyosatchisi va Bosh vaziri edi. U Milliy taraqqiyot partiyasi vakili boʻlgan.

Castren Turtola shahrida tugʻilgan boʻlib, 1887-yildabakalavrni huquq sohasida tugatgan. 1888-yildan 1892-yilgacha Finlandiya Senatining moliya boʻlimida va1888-yildan 1898-yilgacha esa Castrén & Snellman advokatlik idorasida faoliyat olib borgan.

1892-yildan 1904-yilgacha Kastren oʻz faoliyatini Kansallis-Osake-Pankki bankida boshqaruv aʼzosi sifatida olib boradi. Shuningdek, u 1894 hamda 1905—1906-yillarda davlat boshqaruvi majlislarida ham ishtirok etgan.1908-yildan 1909-yilgacha esa senator lavozimida ishlaganidan soʻng, Kastren advokatlik idorasiga asos soladi.1916-yilda Kansallis-Osake-Pankki direktori etib saylandi.

1918-yil noyabr oyida Kastren moliya vaziri etib tayinlanadi.[1] 1919-yil 17-apreldan 15-avgust sanasigacha esa Finlandiya Bosh vaziri lavozimida ishlagan. Uning hukumati Finlandiyada respublika boshqaruv shaklini taklif qildi va taklif qabul qilingach, hukumat tarqaldi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Council of State - Ministers of Finance“. Valtioneuvosto.fi. Qaraldi: 12-yanvar 2018-yil.