Kontent qismiga oʻtish

Ka’bul Axbor

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ka’bul Axbor
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 548-yil
Vafoti 652-yil
Era Roshidunlar davri
Hudud Roshidun xalifaligi
Asosiy qiziqish(lar)i Isroiliyot

Kaʼbul Ahbor (arabcha: كعب الأحبار‎; 548-yil, Yaman – 652-yil, Hims, Suriya) – tobein. Bir necha kitoblar muallifi sifatida mashhur. Manbalarda kelishicha Kaʼbul Ahbor Paygʻambar Muhammad tiriklik paytida islomni qabul qilmagan. Islomni Xalifa Umar ibn Hattob paytida qabul qilgan[1][2]. Millati yahudiy boʻlgan. Ibn Abu Hotimning qayd etishicha, uning iymon keltirishiga sabab Qur’ondagi Niso surasi 47-oyati sabab boʻlgan. U Umar ibn Xattob,Oysha binti Abu Bakr hadis rivoyat qilgan. Muoviya ibn Abu Sufyon paytida saroyda maslahatchi va mudarris boʻlgan. Gʻazzoliy oʻzining „Mukoshafatul qulub“ nomli asarida uningning nasihatlarini keltirgan.

Buxoro viloyati Kogon tumanida Kaʼbul Ahbor ziyoratgohi bor. Ayrim manoqiblarda Kaʼbul Ahborning yoshi va va boʻyining balandligi haqida boʻrttirilgan[3].

  1. العيني, محمود بن أحمد العينتابي/بدر الدين. مغاني الأخيار في شرح أسامي رجال معاني الآثار 1-3 ج3 (ar). Dar Al Kotob Al Ilmiyah دار الكتب العلمية, 2006-01-01. 
  2. „Composition of Hadith and Its Causes“ (en). Al-Islam.org (2016-yil 13-dekabr). 2019-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-mart.
  3. Salim, Sadriddin Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoatgohlari. Toshkent: Navro'z nashriyoti, 2015 — 360-bet. ISBN 978-9943-381-13-1.