Juzjoniy Abu Ubayd Abdulvohid ibn Muhammad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Juzjoniy Abu Ubayd Abdulvohid ibn Muhammad (tugʻilgan yili nomaʼlum — 1047) — tib olimi. Abu Ali ibn Sinoning shogirdlaridan. Afgʻonistonning Juzjon viloyatida tugʻilgan. U Ibn Sinoning oʻzi yozgan tarjimai holini uning vafotidan soʻng nihoyasiga yetkazgan. Bu manba Ibn Sino haqidagi eng ishonchli manba boʻlib, Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi (inv. № 2385).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil