Juvayn

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Juvayn — Xurosondagi Nishopur bilan Bistom sh.lari oraligʻida joylashgan qad. nohiya. Jan.da Bayxaq,shim.da Jojarm nohiyalari bilan chegaradosh. Markazi Ozodvor sh. Yoqut Hamaviy J.da 189 qishloq boʻlib, ular bir-biriga juda yaqin ekanligini yozadi. Mashhur faqih, muhaddis, mufassir va muarrixlardan Abulmaʼoliy Ziyovuddin Abdulmalik ibn Abdulloh Juvayniy, Xoja Shamsuddin Muhammad ibn Muhammad Juvayniy, Abu Muhammad Abdulloh ibn Yusuf Juvayniy, Alouddin Otamalik ibn Bahouddin Muhammad Juvayniy va b. J.da yashab ijod etgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil