Justin Johnson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Justin Johnson
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Justin Addo Johnson[1]
Tavallud sanasi 27-avgust 1996-yil (1996-08-27) (27 yosh)[2]
Tavallud joyi Hague, Niderlandiya
Boʻyi 1.70 m[2]
Ampluasi qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Chorley
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Sparta Rotterdam
Manchester United
F.C. United of Manchester
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2017 Dundee United 5 (1)
2016—2017York City (ijara) 5 (0)
2018—2020 Othellos Athienou 21 (14)
2019—2020Akritas Chlorakas (ijara) 15 (10)
2020—2021 Hamilton Academical 5 (0)
2021 Greenock Morton 2 (0)
2021—2022 Stalybridge Celtic 33 (12)
2022 Chorley 0 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 2-aprel 17:34 (utc) uchun)

Justin Addo Johnson (talaffuzi: Justin Jonson) (1996-yil 27-avgustda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi. Justin Johnson „Chorley“ futbol klubida qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi[3]. Justin Johnson faoliyati davomida Shotlandiyaning " „Dundee United“ va „Hamilton Academical“, Angliyaning „ York City“ va Kiprning „Othellos Athienou“ va „Akritas Chlorakas“ futbol klublarida oʻynagan.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Justin Johnson Janubiy Gollandiyaning Hague shahrida tugʻilgan va oʻz faoliyatini „Sparta Rotterdam“ futbol klubi jamoasida yosh futbolchi sifatida boshlagan. Angliyaga koʻchib oʻtgandan soʻng, Justin Johnson „Manchester United“ klubining akademiyasiga qoʻshildi. Justin Johnson u yerdan „Manchester United“ futbol klubining yoshlar jamoasiga qoʻshildi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Justin Johnson 2015-yil mart oyida havaskor oʻyinchi sifatida „Dundee United“ futbol klubining yoshlar guruhiga qoʻshildi. Justin Johnson 2015-yilning may oyida klub bilan uch yillik professional shartnoma imzoladi[4].

2016-yil 1-sentyabrda Justin Johnson 2016—2017-yilgi mavsumning qolgan qismida McNamara tomonidan boshqariladigan Milliy liganing „York City“ futbol klubiga ijaraga berildi[5]. 2017-yilning 31-yanvarida Justin Johnsonning „York City“ klubidagi ijarasi va „Dundee United“ futbol klubi bilan shartnomasi o‘zaro kelishuv asosida bekor qilindi[6].

Justin Johnson 2017—2018-yilgi mavsumda Kipr Ikkinchi divizioni vakili „Othellos Athienou“ futbol klubi qoʻshildi. Keyingi mavsumda Justin Johnson „Akritas Chlorakas“ futbol klubiga ijara asosida qoʻshildi.

2020-yil 4-avgust kuni Justin Johnson Shotlandiya futboliga qaytdi va Premer-liganing „Hamilton Academical“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[7].

2021-yil fevral oyi oxirida Justin Johnson Shotlandiya chempionati vakili „Greenock Morton“ futbol klubi bilan 2020—2021-yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi[8]. Justin Johnson „Morton“ klubini 2021-yilning iyun oyida shartnomasi muddati tugagach tark etdi[9].

Justin Johnson 2022-yil iyul oyida mavsumoldi oʻyinlarida ajoyib taassurot qoldirganidan soʻng Milliy liganing "Chorley " futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Oʻyinlar soni Gollar soni Oʻyinlar soni Gollar soni Oʻyinlar soni Gollar soni Oʻyinlar soni Gollar soni Oʻyinlar soni Gollar soni
Dundee United 2014—2015[10] Shotlandiya Premer-ligasi 1 0 0 0 0 0 1 0
2015—2016[11] Shotlandiya Premer-ligasi 3 1 0 0 0 0 3 1
2016—2017[12] Shotlandiya chempionati 1 0 1 0 2 0
Jami 5 1 0 0 1 0 0 0 6 1
York City (ijara) 2016—2017[13] Milliy liga 5 0 0 0 0 0 5 0
Othellos Atheniou 2018—2019[14] Kipr Ikkinchi divizioni 21 4 0 0 0 0 21 4
Akritas Chlorakas (ijara) 2019—2020[15] Kipr Ikkinchi divizioni 15 1 1 0 0 0 16 1
Hamilton Academic 2020—2021[16] Shotlandiya Premer-ligasi 5 0 0 0 2 0 7 0
Greenock Morton 2020—2021[16] Shotlandiya chempionati 2 0 0 0 0 0 2 0
Jami 53 6 1 0 3 0 0 0 57 6

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Justin Johnson – Player profile“. The DUFC Archive. Niall Harkiss & Bryan Orr. 2017-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  2. 2,0 2,1 „Development squad: Justin Johnson“. Dundee United F.C.. 2017-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Stalybridge Celtic - Official Site - Player Profile Justin Johnson“.
  4. „Dundee Utd: Jackie McNamara's high hopes for Justin Johnson“. BBC Sport (2015-yil 15-may). Qaraldi: 2016-yil 3-sentyabr.
  5. Flett. „York City's on-loan Dundee United attacker Justin Johnson will get "people off their seats"“ (2016-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 3-sentyabr.
  6. „Dundee United release Justin Johnson“. The Courier (2017-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 31-yanvar.
  7. „Welcome Justin Johnson“. Hamilton Academical Website (2020-yil 4-avgust). 2021-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-oktyabr.
  8. „Justin Johnsonsigns until end of the season“. gmfc.net. Greenock Morton F.C. (2021-yil 19-fevral). Qaraldi: 2021-yil 20-fevral.
  9. „Morton Give Update On Departing Players“. Inverclyde Now (2021-yil 1-iyun). Qaraldi: 2021-yil 18-iyul.
  10. „Games played by Justin Johnson in 2014/2015“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2015-yil 19-may.
  11. „Games played by Justin Johnson in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2016-yil 16-iyul.
  12. „Games played by Justin Johnson in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2017-yil 31-yanvar.
  13. „J. Johnson“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 2018-yil 31-yanvar.
  14. „JUSTIN ADDO JOHNSON Cyprus Football Association 2018/19“ (Greek). cfa.com.cy. Qaraldi: 2020-yil 30-iyul. [sayt ishlamaydi]
  15. „JUSTIN ADDO JOHNSON Cyprus Football Association 2019/20“ (Greek). cfa.com.cy. 2020-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-oktyabr.
  16. 16,0 16,1 „Games played by Justin Johnson in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 9-avgust.