Kontent qismiga oʻtish

Jurjoniy mahallasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Jurjoniy mahallasi – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi mahalla. Davlatobod, Abdulla Qodiriy, Koʻkcha-Oqtepa mahallalari bilan chegaradosh. 1963-yil tashkil topgan.

Mahalla nomi Amir Temur davrida yashab oʻtgan yirik mutakallim, faylasuf, shoir va munajjim Abulhasan Ali ibn Muxammad Sayid Sharif Jurjoniy (1339-1413) sharafiga qoʻyilgan.

Aholisi 2883 kishi, asosan oʻzbeklar (2008). Mahallada Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 15 yilligi arafasida oilaviy poliklinika, sport majmualari va yangi guzar binosi qurib bitkazildi. Ularni ishga tushirish arafasida (2006-yil 22-avgust) Prezident Islom Karimov mahallaga kelgan. Mahalla hududida bir necha oziq-ovqat doʻkoni, kafe, dorixona, prokat punkti, eshik va rom ishlab chiqarish sexi, tikuvchilik fabrikasi, qandolat sexlari mavjud.[1]

  1. Toshkent ensiklopediyasi 2009, s. 762.

Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 780-bet.