Junxoʻrlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Junxoʻrlar (Irichodectidae) - parxoʻrlar turkumining oilasi. Uzunligi 10 mm gacha. Tanasi qora rangli, qanotsiz hasharotlar. 200 dan ortiq turi maʼlum. Sut emizuvchilar yungida parazitlik qiladi. Terining muguzlashgan qismlari bilan oziqlanib, uni teshadi. Ayrim ixtisoslashgan turlari biror muayyan turdagi xayvon terisida parazitlik qiladi. J. tasmasimon chuvalchanglardan — qovoqsimon gijjaning oraliq xoʻjayini.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil