Jununiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jununiy (14–15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan hirotlik shoir. Uning nomi “Majolis un-nafois”ning birinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning sheʼri yomon emasligi, lekin tabʼi koʻproq hajv va hazilga moyilgini aytar ekan, oʻsha davr shoiri Xoja Hofiz Sharbatiyni hajv qilib yozgan sheʼri xalq orasida boshqa yaxshi sheʼrlariga nisbatan koʻproq mashhur boʻlganini aytadi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Ey ahli jununro ba kamandi tu zabuni,

Z-on roʻy dar on halqa zabun ast Jununiy.

(Mazmuni: Junun ahli sening tuzogʻingga ilingan, shuning uchun Jununiy (ham) oʻsha halqa (ichida) asirdir)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Majolis un-nafois.