Jungʻariya darvozasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jungʻariya darvozasi - gʻarbda Jungʻariya Olatovi va sharqda Borliq tizmasi hamda Moylitov tizmalari orali gʻidagi togʻ yoʻlagi. Qozogʻistonda, Xitoy bilan boʻlgan chegara yaqinida. Bal. 300–400 m. Uz. qariyb 50 km, eni 10 km gacha. Iqlimi quruq, tez-tez kuchli shamol ("elvizak")lar boʻlib turadi. Chala choʻl landshaftiga ega. J. d. Balxash—Olakoʻl soyligi va Jungʻariya tekisligini birlashtirib turadi. J. d. qadimda Markaziy Osiyo chorvador xalqlari va harbiy qoʻshin oʻtadigan yoʻl boʻlgan. Oqtoʻgʻay — Drujba t.-yil qurilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil