Jun qirqish agregati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jun qirqish agregati - qoʻychilik fermalari va yaylovlardagi punktlarda qoʻy junini qirqishda ishlati-ladigan texnologik jihozlar majmui. Elektr-mexanik (1, 12 va 24 mashinkali) va mexanik (4 mashinkali) xillari bor. Asosan bir MSO=77B mashinkali ESA=1D (500 ta qoʻyga), 12 ta mashinkali ESA=12G (8—12 ming qoʻyga), yuqori chastotali 6 ta MSU — 200 mashinkali ESA-6/200 yoki 24 ta shunday mashinkali VSS-24/200 va KTO-24 J. q. a. (20 ming qoʻyga) ishlatiladi.

Elektr mashinkalar AOL-012-ZS uch fazali asinxron elektr dvigateli yordamida egiluvchan val orqali ishlaydi. Har qaysi mashinkaning quvvati 0,12 kVt; kuchlanishi 220/380 V; tok kuchi 0,59—0,35 A; aylanish chastotasi 46,6 s-1.

J. q. a. ishlatiladigan joyda juni kirqilgan qoʻylarni veterinariya ishlovidan oʻtkazish, qoʻzilarni ajratish, qoʻylarni saklash joylari boʻladi. 24 mashinkali J. q. a. ishlatiladigan punktda bundan tashqari, jun transportyori, junni zichlash pressi, saralash stoli, tarozi, pichoq va taroqlarni charxlash hamda yetiltirish apparatlari boʻladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil