Jun Ji Hyung

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jun Ji Hyung

Jun Ji Hyun 2019-yil
Tavalludi 1981-yil 30-oktyabr
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Taʼlimi Dongguk University
Kasbi Aktrisa, Model
Faoliyat yillari 1997–yildan-hozirgacha
Boʻyi 1.73m

Jun Ji Hyun (1981-yil 30-oktyabr) – Janubiy Koreyalik aktrisa va model. Uning asl ismi Wang Ji Hyun shuningdek inglizcha Gianna Jun ismi bilan ham tanilgan. Jun bir nechta mukofotlarga sazovor boʻlgan jumladan eng yaxshi aktrisa nominatsiyasi boʻyicha ikkita Grand Bell mukofoti qoʻlga kiritgan. Jun Ji Hyung „My Sassy Girl“(2001) nomli romantik komediya filmidagi roli uchun mashhurlikka erishgan. Undan tashqari „Il Mare“(2000), „Windstruck“(2004), „The Thieves“(2012), „The Berlin File“(2013) va „Assassination“(2015), „The Legend of the Blue Sea“(2016–2017), „Jirisan“(2021) va Netflix seriali „Kingdom“ kabi mashhur kinolarda rol oʻynagan.

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jun Ji Hyung 1981-yil 30-oktyabr kuni Janubiy Koreyaning Seoul shahrida tugʻilgan[1]. Uning uzun boʻyi va nozik qomati tufayli onasi va uning dugonalari uni model yoki aktrisa boʻlishga undashgan. Uning bolalikdagi orzusi styuardessa boʻlish edi biroq u birinchi parvozidan soʻng fikrini oʻzgartirgan. 1997-yilda 16 yoshida oʻrta maktabda oʻqiydigan oʻzining dugonasiga ergashadi va model sifatida oʻz faoliyatini Ecole jurnalida boshlaydi. Oradan bir yil oʻtib, 1998-yilda aktrisa sifatida birinchi marta omma oldida chiqish qiladi va prodyuserning taklifiga binoan Jun Ji Hyun ismini oladi. Jun Dongguk universitetida oʻqigan va u yerda 2004-yilda teatr va kino yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasini olgan. Keyinchalik 2011-yilda xuddi shu universitetda magisterlik darajasini olgan[2]. U 2012-yilning 13-aprelida Seoul markazidagi Jangchung-dongdagi Shilla mehmonxonasida Choi Joon-hyukga turmushga chiqqan. Toʻyda 600 dan ortiq mehmonlar yaʼni turli mashhurlar, yaqin doʻstlar va oila aʼzolari qatnashgan. Toʻydan tushgan tabrik pullarini esa xayriyaga oʻtkazgan[3]. 2016-yil 10-fevralda Jun birinchi oʻgʻlini va oradan ikki yil oʻtib, 2018-yil 26-yanvarda ikkinchi oʻgʻilni dunyoga keltirgan[4].Jun dastlab model va televideniya aktrisasi sifatida tanilgan.1999-yilda koʻpchilik tomonidan tomosha qilinmagan „White Valentine“ filmida debyut qilgan boʻlsa-da, faqat yilning oxirida Samsung My Jet Printer reklama roligida suratga tushganida u mashhur sensatsiyaga aylangan. Keyingi yili Jun oʻzining birinchi mashhur „II Mare“ melodramasida suratga tushgan. 2016-yilning noyabr oyida Jun oʻzining SBS fantastik-romantik dramasi „The Legend of the Blue Sea“da Lee Min-ho bilan yana kichik ekranga qaytdi. 2016-yilda Jun Koreaning 10talik eng yaxshi aktyorlari roʻyxatida 9-oʻrinni egallagan va bu roʻyxatga kiritilgan yagona ayol boʻlgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 35th Baeksang Arts Awards(1999)
  • SBS Drama Awards(1999)
  • Korea Tourism Awards(2014)
  • SBS Drama Awards(2016)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Gianna Jun Profile“ (ko). Chosun. Qaraldi: 2021-yil 15-iyul.
  2. „동국대, 24일 '2011학년도 입학식'“ (ko). Newsis (2011-yil 22-fevral). Qaraldi: 2021-yil 15-iyul.
  3. Oh, Mi-jung „Jun Ji Hyun Sets an Example for Celebrity Weddings with Donation“. Yahoo News. Qaraldi: 2022-yil 16-mart.
  4. „Actress Jun Ji-hyun gives birth to second son“. Yonhap News Agency (2018-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 30-yanvar.