Jumagul Janatayeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jumagul Janatayeva (1953.12.3, Kegayli tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Chimboy ped. bilim yurtini (1974), Nukus universitetini (1983) tugatgan. 1974 yildan Qoraoʻzak tumanidagi 7-maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, 1976 yildan 10-maktabda qoraqalpoq tili va adabiyoti oʻqituvchisi. Maktabda namunali qoraqalpoq tili va adabiyoti xonasini tashkil etib, uni zamonaviy koʻrgazmali qurollar va b. texnik vositalar bilan jihozladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil