Julian Glover

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Julian Glover
Tavalludi
Julian Wyatt Glover

27-mart 1935-yil
Angliya London Hampstead
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 1957-yildan
Turmush oʻrtogʻi

1957-yilda oila qurgan,1966-yilda ajrashgan va o'sha yili

Isla Blair bilan oila qurgan.
Bolalari Jamie Glover
Otasi Gordon Glover
Onasi Honor Wyatt[1]

Julian Wyatt Glover CBE (1935-yil 27-martda tugʻilgan) — 1950-yillardan boshlab teatr, televideniye va kino rollari bilan ingliz klassik aktyori sifatida faoliyatini boshlaydi.U,,Royal Shakespeare Company'' koʻplab rollar ijro etadi va,,Laurence Olivier Award'' mukofotiga sazovor boʻladi.

Gloverning mashur kino rollari: "The Empire Strikes Back'' filimida General Maximilian Veers roli ( 1980) ,,For Your Eyes Only" filmida Aristotel Kristatos roli (1981), "The Fourth Protocol" (To'rtinchi protakol) filmida Brian Harcourt Smith, ,,Indiana Jones and the Last Crusade''filmida Walter Donovan. U, shuningdek, Garri Potter va Sirlar palatasi (2002) filmida gigant Akromantula o'rgimchak Argogga ovoz beradi va Andris Davisning ,,Tar'' (2022) psixologik dramasida drijyor sifatida chiqadi.

Glover shuningdek telekranda ham, ayniqsa Britaniyada tez-tez paydo boʻldi, jumladan, "The Avengers"(Qasoskorlar), "The Saint'' (Avliyo) ,,Thriller", „ Doctor Who“, "Blakeʼs 7", „ Remington Steele“ va "Inside № 9 " kabi diniy seriallarda mehmon sifatida ishtirok etdi. U HBO telekanalining “Game of Thrones”(Taxtlar oʻyini)da (2011—2016) Buyuk Maester Piselning takroriy yordamchi rolini va BBCningSpies of Warsaw''(2013) dramasida General Beauvilliers rolini oʻynagan.

Glover Londonning Hampstead shahrida BBC jurnalisti va produsseri Claude Gordon Glover va Honor Ellen Morgan (neebWaytt)oilasida tugʻilgan.[2][3] Glover va Wyatt 1940-yillarda, qizi Prue tugʻilgandan keyin ajrashishdi va Honor Waytt keyinchalik Jorj Ellidge ga turmushga chiqdi.[4] Julian Gloverning oʻgay ukasi musiqachi Robert Wyattdir.

Glover Bristoldagi,,Grammar school'' da o'qiydi, u erda bo'lajak aktyorlar Timothy West va Devid Prowse bilan bir sinfda o'qigan. U, shuningdek, Londonning Dulwich shahridagi ,,Alleyn's school'' tahsil olgan. 1954-yilda ,,Royal Academy of Art'' akademiyasini tamomlagan[5] U ofitserlar tayyorlash kursiga borib Britanyada milliy xizmatni ham oʻtagan.[6]

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1950-yillarning boshlarida Glover Londondagi Unity teatrida bir nechta shoularda ishtirok etdi va 1962-yilda,,Royal Court Theatre „ Allien Jellicoening,,The Knack'' filmida Tolen rolini oʻynadi. U,,Royal Shekspir company''(Faqat Shekisper tomonidan yozilgan rollar oʻynaladi)da ham rollar ijro etgan. U 1960 va 1970 yillarda Britanyada “The Avengers"(Qasoskorlar), "The Saint", (Avliyo) ,,Strange Report", „ Doktor Who“ va "Blakeʼs 7" kabi teleseriallarida doimiy rollar oʻynagan.

1966-yilda,,A Choice of King''da William Conqueror roʻlini oʻynaga, keyin 1967-yilda,,Quantermass and The Pit'' mahsuloti boʻlgan,,Hammer Films''da Professor Quatermasning dushmanlarini oʻz ichiga olgan roʻllarini 1958-1959 yillarda Nigel Knealning BBC TV ga qoʻyadi.[7] Shuningdek, u „ Doktor Who“ filmida ikki marta koʻrinish bergan: "The Crusade " da Richard the Lionheart rolida (1965); va shavqatsiz Scaroth rolida,[8] undan tashqari mashhur seriallaridan biri boʻlgan “City of Death ” (1979)da Jagarotning soʻnggi yovuz qahramoni Skarot rolini ham oʻynagan.[9] Keyinchalik Glover,,The Crusade'' ning „The Wheel of Fortune“ epizodini DVD rekorderga yozadi.

1980-yillarda Glover bir qator misli koʻrilmagan chiqishlar qildi: ,,The Empire Strikes Back'' filmida Imperiya generali Maksimillian Veers (1980) filmidagi imperator generali Maksimilian Veers,[10] Jeyms Bond filmining,,For Your Eyes Only'' qismida shavqatsiz yovuz qahramon Aristotle Kristatos (1981) „Indiana Jons and the Last Crusade“ filmida amerikalik Walter Donovan roʻllarini ijro etgan (1989).[11]

Televideniyeda u BBC ingliz fuqarolik urushi dramasi,,By the Sword Divided'' bosh rol yaʼni Janob Martin Lacey roʻlini va 1989-yilda BBC medical dramasi,,Casualty''da mehmon sifatida jarroh Arnold Richardson roʻlini oʻynaydi.(2011-yilda mehmon sifatida ikkinchi marta turli xil obrazlarda chiqadi va '' Holby City'' da ham turli xil obrazlarda chiqadi) U shuningdek, Britaniyaning " Brash Young Turks " filmida bosh rolni oʻynagan.[12]

2002-yilda Garri Potter va Chamber of Secrets filmida Glover ulkan oʻrgimchak Aragogga ovoz beradi.[13]

1980-yillardan beri Beovulf epik sheʼrini turli shakllarda sahnalashtirilgan talqinlarini taqdim etgan va koʻpincha shoir yoki sayohatchi Anglo-Saxon rolini oʻynagan, ,,Mead xoll '' ertagining qisqartirilgan versiyasini taqdim etgan va sheʼrning asl qadimgi ingliz tilida tanlangan parchalarini namoyish etgan. Ushbu parchalar ingliz tili va Anglo-Saksonga oid hujjatli filmlarda namoyish etilgan va 2009-yilda tarixchi Maykl Vud shu asosida BBC Poetry Season hujjatli poemasini ishlagan.U oʻz talqinini Beowulf: An Adaptation sifatida nomlab roman shaklida chiqargan.

2009-yilda Glover Oliverning yangidan sahnalashtirilgan,,West End'' musiqasida Mr.Bronlow ro'lini ijro etadi. Drury Leyndagi Royal Teatrining qisqa metrajli filmi ,,Beattle for Britian'' da (2010) Glover Royal Air Force uchuvchisi 101 yoshli Polish rolini o'ynaydi.

Glover 2011 va 2016 yillar oraligʻida HBO serialidagi „Game of Thrones“da Grand Maester Pisel xarakterini tasvirlab bergan, u jami 31 epizodnin 6 faslida qatnashgan.

2013-yilda Glover BBC ning 4 dramali seriyasi,,The Spies of Warsaw'' da General Beauvilliers rolini ijro etadi.serialidag. 2014-yil may oyida u BBC televideniyesining tibbiy dramasi,,Holby City'' ning 2 ta epizodi (,,My name is Joe'' and,,No Apologies'') da Joe Goodridge obrazini ijro etgan.Xuddi shu yili u " Backtrack " trillerida keksa odam obrazini ham oʻynaydi.[14]

2019-yilda Glover West End teatri spektaklida Nonno,Noel Coward teatrida Tennesi Uilyamsning,,The Night of Iguana'' filmida ham o'ynaydi.[15]

Glover Qirollik dramatik sanʼat akademiyasining aʼzosi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Glover 1992-yilda Royal Sheksper Company mahsuloti boʻlgan,,Henry IV'' ning,1- va 2- qismlari, 1993-yilda oʻzining kichik rollari uchun Lorens Olivier mukofoti bilan taqdirlangan.Uning ushbu spektakldagi qirol obraziga teatr tanqidchisi Maykl Billington “superb” (ajoyib, juda zoʻr) deb baho beradi

Mavqe[tahrir | manbasini tahrirlash]

Glover 2013-yilda Commander of the Order of the British Empire tomonidan drama sohasidagi xizmatlari uchun,, Brithday Honours'' mukofoti bilan taqdirlanadi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Glover ikki marta oila qurgan: Eylin Atkins va Isla Bler aktrisalar bilan (uning oʻgʻli aktyor Jeymie Glover).[16]

2020-yilda Glover Sharqiy Bristol auktsionlarida 250 dan ortiq fotosuratlari, liboslari, rekvizitlar va esdalik buyumlarini, jumladan ,,The Empire Strikes Back ''filmidagi koʻkrak nishoni, ,,Indiana Jons and The Crusade'' filmidagi soat, palto va shaxsiy stsenariysini sotgan.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film[tahrir | manbasini tahrirlash]

Year Title Role Notes
1963 Tom Jones Lt. Northerton
1964 Girl with Green Eyes Malachi Sullivan
1965 The Alphabet Murders Don Fortune
Time Lost and Time Remembered Dr. Matthew Langdon
1966 Theatre of Death Charles Marquis
I Was Happy Here Dr. Matthew Langdon
1967 Quatermass and the Pit Colonel Breen
1968 The Magus Anton
1969 Alfred the Great Æthelstan
The Adding Machine Shrdlu
1970 The Last Grenade Andy Royal
The Rise and Rise of Michael Rimmer Colonel Moffat
Wuthering Heights Hindley Earnshaw
1971 Nicholas and Alexandra Gapon
1972 Antony and Cleopatra Proculeius
1973 Hitler: The Last Ten Days Gruppenführer Hermann Fegelein
Luther The Knight
The Foundation Trilogy Hober Mallow Radio production
1974 Dead Cert Lodge
The Internecine Project Arnold Pryce-Jones
Juggernaut Commander Marder US title: Terror on the Britannic
1977 Gulliver's Travels Voice
The Brute Teddy
1980 Invasion Alexander Dubček
The Empire Strikes Back General Maximilian Veers
1981 For Your Eyes Only Aristotle „Aris“ Kristatos
1983 Heat and Dust Crawford, the District Collector a.k.a. The Nineteen Twenties in the Civil Lines at Satipur
By the Sword Divided Sir Martin Lacey TV series
1984 Kim Colonel Creighton
1987 The Fourth Protocol Brian Harcourt-Smith
Cry Freedom Don Card
Hearts of Fire Alfred
1988 Tusks Ian Taylor
1989 Indiana Jones and the Last Crusade Walter Donovan
1991 King Ralph King Gustav
1994 Power and Lovers Matthew
1997 The House of Angelo Sir Robert Willoughby
2000 Vatel Prince de Condé
2002 The Book of Eve Burt Smallwood
Two Men Went to War Colonel Hatchard
Harry Potter and the Chamber of Secrets Aragog Voice
2004 Troy Triopas
Strings Kahro Voice

English version
2006 Scoop Lord Lyman
Big Nothing 80 Year Old Blind Man
2007 Shoot on Sight Susanʼs Father
2008 Mirrors Robert Esseker
2009 The Young Victoria Duke of Wellington
Princess Kaiulani Theophilus Harris Davies
2012 U.F.O. John Jones
Chasing the Bear Mentor / Studio Head
Airborne George
2014 Backtrack The Old Man
2015 The Timber Howell
2016 Brash Young Turks Lou Hartman
We Still Steal the Old Way Sir Edward
Gangster Kittens Lord Clarence Beaverbrook
2017 Amy and Sophia Jim
2019 The Pride of Atticus Lee Atticus Lee Short
2021 The Toll Magnus
Nemesis Sebastian
Nobody Has to Know Angus
The Laureate Alfred Graves
2022 Prizefighter: The Life of Jem Belcher Lord Ashford
Pulcinella Father Reitel Post-production
Tár Andris Davis [17]
TBA The Reverend and Mrs. Simpson Older Charles Wilson Post-production
TBA Age Jim Patrack Senior Post-production
TBA Banking on Mr. Toad Vicar Burntwhistle Pre-production
  1. (unspecified title)
  2. „Julian Glover Biography (1935-)“. www.filmreference.com.
  3. „Theatre and film“. The Times (10-yanvar 2005-yil). Qaraldi: 22-noyabr 2010-yil.
  4. William Graves. „Honor Wyatt (b. Feb 26 1910; d. 23 Oct 1998“ (PDF). Gravesiana. 248-bet. 2020-09-23da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 12–fevral 2019–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  5. „Julian Glover“. www.rada.ac.uk. Qaraldi: 9-noyabr 2020-yil.
  6. Williams. „'My neighbour said: Do you want to be in The Empire Strikes Back?' – Julian Glover on his amazing breaks“. The Guardian (19-iyul 2022-yil). Qaraldi: 23-iyul 2022-yil.
  7. „Julian Glover interview: Quatermass And The Pit, Star Wars, Indiana Jones and Game Of Thrones“. denofgeek.com (2011-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 30-sentabr 2016-yil.
  8. „Interview with Julian Glover“. www.kaldorcity.com. Qaraldi: 30-sentabr 2016-yil.
  9. „BBC – Doctor Who Classic Episode Guide – City of Death – Details“. www.bbc.co.uk.
  10. „Julian Glover Talks The Empire Strikes Back & Star Wars Episode VII“. flicksandthecity.com (10-mart 2014-yil). Qaraldi: 30-sentabr 2016-yil.
  11. „Interview with Julian Glover, Walter Donovan in Indiana Jones films – The Indiana Jones Experience“. www.theindyexperience.com. Qaraldi: 30-sentabr 2016-yil.
  12. „Julian Glover: 'I'd love to act with my son...partly for the arguments'“. standard.co.uk (24-may 2016-yil). Qaraldi: 30-sentabr 2016-yil.
  13. Grubbs. „8 'Game Of Thrones' Stars Who Also Appeared In 'Harry Potter' & Created The Ultimate (Unofficial) Fantasy Crossover“. bustle.com. Qaraldi: 30-sentabr 2016-yil.
  14. Disgusting. „First 'Backtrack' Clip Chokes On Something Evil“. bloody-disgusting.com (30-mart 2015-yil).
  15. Meyer. „See What London Critics Thought of The Night of the Iguana, Starring Clive Owen and Anna Gunn“. Playbill (17-iyul 2019-yil). Qaraldi: 23-oktabr 2019-yil.
  16. John, Emma. „Actors Julian Glover and Isla Blair on their 48-year relationship“. The Observer (12-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 17-oktabr 2014-yil.
  17. Rooney. „'Tár' Review: Cate Blanchett Astounds in Todd Field's Blistering Character Study“. The Hollywood Reporter (1-sentabr 2022-yil).