Jovqosin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jovqosin (Tulipalehmanniana) — loladoshlar (piyozdoshlar) oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Piyozi tuxumsimon, yoʻgʻonligi 1,5—4 sm. Poyasi 20— 25 sm. Bargi 4 ta, buralgan, tuksiz, uchiga qarab ingichkalashib boradi, pastkisi nashtarsimon yoki qalami nashtarsimon, eni 1,5—2,5 sm. Gultojlari sariq qizgʻish yoki qizil, boʻyi 2,5—7 sm. Changchi iplari tuksiz, sariq, yuqori qismi qoramtirbinafsha. Changdonlari sariq. Koʻsagining eni 1 — 1,5 sm, boʻyi 2,5—3 sm. Apr.da gullab, mayda urugʻ beradi. Buxoro viloyati hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida tarqalgan. Asosan, manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil