Joule qonuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Joule qonuni, Joulening birinchi qonuni yoki Joule-Lenz qonuni[1] — oʻtkazgichdan elektr toki oʻtganda unda ajraladigan issiqlik miqdorini ifodalovchi qonun. Oʻtkazgich bir jinsli boʻlsa, elektr tokining ishi faqat issiqlik hosil qilish uchun sarf boʻlib, ajralgan issiqlik miqdori tok kuchi / kvadrati, oʻtkazgich qarshiligi va tokning oʻtish vaqti / ga toʻgʻri mutanosib boʻladi. U , bunda  — mutanosiblik koeffitsiyenti boʻlib, u oʻlchash birliklarining tanlanishiga bogʻliq boʻladi. Tok amperlarda, qarshilik Om da, vaqt da olinsa, koeffitsiyent boʻlganda kaloriyalarda, k—h boʻlganda joullarda ifodalanadi. Joule qonunini James Prescott Joule 1841-yilda yaratgan, undan mustaqil ravishda Emil Lenz 1842-yilda tajribada tasdiqlagan. Joule qonunining amaliy ahamiyati katta; elektr choʻgʻlanma lampalari, elektr isitkichlar va elektr isitish qurilmalari shu qonunga asoslanib loyihalanadi.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Джоуля — Ленца закон Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-12-30).. Большая советская энциклопедия, 3-е изд., гл. ред. А. М. Прохоров. Москва: Советская энциклопедия, 1972. Т. 8 (Great Soviet Encyclopedia (ru) A. M. Prokhorov: . Moscow: Soviet Encyclopedia, 1972. )
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil