Jotto di Bondone
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Jotto di Bondone (Giotto di Bondone, 1266 yoki 1267, Kolledi Vespinyano — 1337, Florensiya) — italiyalik rassom, Uygʻonish davri Yevropa rassomlik sanʼatida realizm asoschisi. Oʻrta asrlar diniy risoladagi qonunlar bilan aloqani uzgan J. diniy lavhalarga dunyoviylik baxsh etgan, diniy mavzularni oʻta hayotiylik bilan talqin etgan: Paduyadagi del Arena kapellasi (1304—06), Florensiyadagi Santa-Kroche cherkovi (taxminan 1320—25) freskalari obrazlarining ichki qudrati va ulugʻvorligi, kompozitsiya qurilishi, qatʼiy koloriti bilan diqqatga sazovor. J. ijodi koʻpgina yirik rassomlar (Mazachcho, Mikelanjelo va b.)ga sezilarli taʼsir koʻrsatgan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |