Joshua Tordjman

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tordjman San Antonio Rampage kluibi safida 2006-yilda
Tugʻilgan joyi 11-yanvar 1985-yil (1985-01-11) (39 yosh)
Montreal, Quebec, Kanada
Boʻyi 6 ft 1 in (185 cm)
Ogʻirligi 155 lb (70 kg; 11 st 1 lb)
Pozitsiyasi darvozabon
Katch chap tomon
Oʻynagan jamoalari Asiago
EC Salzburg
Phoenix Coyotes
Jamoalardagi faoliyat 2006—2013

Joshua Tordjman (talaffuzi: Joshua Torchman) (1985-yil 11-yanvarda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkey darvozaboni. Joshua Tordjman 2008—2009-yilgi mavsumda „Phoenix Coyotes“ xokkey klubi bilan Milliy xokkey ligasida ikkita oʻyin oʻtkazdi. Joshua Tordjmanning 2006-yildan 2013-yilgacha davom etgan faoliyatining qolgan qismi kichik ligada oʻtdi va Yevropadagi ikki mavsum bilan yakunlandi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yahudiy boʻlgan Joshua Tordjman[1] Quebecning Montreal shahrida tugʻilgan. Joshua Tordjmanning ota-onasi Marokashdan Kanadaga koʻchib kelishgan.  Yoshligida Joshua Tordjman, 1998-yilda, Quebecdagi Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida Montrealning Lakeshore hududidagi kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan[2].

2009-yilda Joshua Tordjman Isroilning Metulla shahrida boʻlib oʻtadigan jahon yahudiy xokkey chempionatida Kanada milliy xokkey terma jamoasi vakili sifatida ishtirokb etdi.

Joshua Tordjman „Phoenix Coyotes“ xokkey jamoasida oʻynagan. Tordjman oʻzining NHLdagi birinchi oʻyinida 23 ta seyv qayd etdi. Ushbu uchrashuv 2008-yil 8-martda New York Islanders xokkey klubiga qarshi boʻlib oʻtgan edi. Unda „ Phoenix Coyotes“ xokkey klubi 3:2 hisobida magʻlub boʻldi.  Joshua Tordjman 2009—2010-yilgi AHL mavsumida „San Antonio Rampage“ xokkey klubi uchun oʻynab, Yanick Dupre Memorial mukofotini qoʻlga kiritdi[3].

2011-yil 14-iyun kuni Joshua Tordjman Avstriya xokkey ligasining Yevropa jamoasi „Red Bull Salzburg“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[4]. U „Salsburg“ klubi safida bir mavsum oʻynadi va qoʻshimcha mavsum uchun Italiya chempionati vakili „Asiago Hockey 1935“ klubiga qoʻshildi. Joshua Tordjman oʻzining xokkeychilik faoliyatini 2013-yilda yakunladi.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga GP W L T OTL MIN GA SO GAA SV% GP W L MIN GA SO GAA SV%
2000—2001 Lac St-Louis Lions QMAAA 12 5.07 .856
2001—2002 Lac St-Louis Lions QMAAA 30 4.25 .872
2002—2003 Victoriaville Tigres QMJHL 10 4 3 0 432 24 1 3.33 .860 2 0 1 112 12 0 6.46 .800
2003—2004 Victoriaville Tigres QMJHL 42 10 24 4 2177 143 2 3.94 .893
2004—2005 Victoriaville Tigres QMJHL 56 22 28 4 3185 171 5 3.22 .906 7 3 4 435 24 0 3.31 .929
2005—2006 Victoriaville Tigres QMJHL 31 13 17 0 1792 106 2 3.55 .904
2005—2006 Moncton Wildcats QMJHL 25 18 6 0 1427 55 2 2.31 .915 21 15 5 1238 48 2 2.33 .913
2005—2006 Moncton Wildcats M-Cup 5 3 2 290 15 0 3.11 .897
2006—2007 San Antonio Rampage AHL 37 15 18 2 2114 91 1 2.58 .920
2006—2007 Phoenix RoadRunners ECHL 9 4 4 0 480 25 0 3.12 .900
2007—2008 San Antonio Rampage AHL 43 22 14 4 2466 109 1 2.65 .910 6 3 3 357 11 1 1.85 .941
2008—2009 Phoenix Coyotes NHL 2 0 2 0 118 8 0 4.08 .871
2008—2009 San Antonio Rampage AHL 51 25 22 2 2921 127 6 2.61 .910
2009—2010 San Antonio Rampage AHL 45 20 22 2 2537 125 1 2.96 .902
2010—2011 Bakersfield Condors ECHL 35 16 16 3 2033 97 3 2.86 .913
2010—2011 Houston Aeros AHL 8 4 1 0 393 16 0 2.44 .911 1 0 0 26 3 0 6.82 .833
2011—2012 EC Salzburg EBEL 34 18 11 0 1841 90 0 2.93 .912
2012—2013 Asiago ITA 16 8 7 0 915 43 1 2.82 .902
NHL jami 2 0 2 2 118 8 0 4.08 .871

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Professional Hockey Review: 2010–11; Minor Leagues“. Jewish Sports Review. 8-jild, № 87. 15–sentabr 2011–yil. 7–8-bet.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  2. „Pee-Wee players who have reached NHL or WHA“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-fevral 2019-yil.
  3. „Yanick Dupre Memorial Award“. American Hockey League (16-noyabr 2010-yil). 2009-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-noyabr 2010-yil.
  4. „New goalie comes to Salzburg, two others on try-out“ (olmoncha). EC Red Bull Salzburg (14-iyun 2011-yil). Qaraldi: 14-iyun 2011-yil.