Joshua Barrett

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Joshua Barrett
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Joshua Lee Barrett[1]
Tavallud sanasi 21-iyun 1998-yil (1998-06-21) (25 yosh)
Tavallud joyi Oxford, Angliya
Boʻyi 1.81 m[2]
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Kingʻs Lynn Town
Raqami 20
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
—2015 St Kevinʼs Boys
2015 Reading
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2020 Reading 10 (0)
2018Coventry City (ijara) 6 (0)
2018Aldershot Town (ijara) 5 (0)
2020—2021 Bristol Rovers 16 (0)
2021 Kingʻs Lynn Town 20 (3)
Milliy terma jamoa
Irlandiya Respublikasi U 16
2014—2015 Irlandiya Respublikasi U 17 11 (3)
2016—2017 Irlandiya Respublikasi U 19 3 (1)
2016—2019 Irlandiya Respublikasi U 21 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 15-dekabr uchun)

Joshua Lee Barrett (talaffuzi: Joshua Li Barrett) (21-iyun 1998-yilda tugʻilgan) — irlandiyalik futbolchi. Joshua Barrett Milliy liga vakili „Kingʻs Lynn Town“ futbol klubi jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. U Irlandiya Respublikasini U21 darajasida himoya qilgan edi.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Joshua Barrettning ota-onasi Dublin va Tipperarydandir. U Oxfordshireda oʻsgan[3].

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Reading[tahrir | manbasini tahrirlash]

Joshua Barrett oʻzining birinchi professional shartnomasini 2015-yilning oktyabr oyida[4] (Irlandiyaning „St Kevinʼs Boys“ futbol klubining yoshlar jamoasidan keyin) „Reading“ futbol klubi bilan imzolagan edi. Joshua Barrett 2016-yilning 8-martida klub safida „Huddersfield Town“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (3:1 hisobida magʻlubiyat) Chris Gunterning oʻrniga oʻyinning 84-daqiqasida maydonga tushdi[5]. 2017-yilning 21-dekabrida Joshua Barrett „Reding“ futbol klubi bilan 2021-yilning yoziga qadar amal qiladigan yangi shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Joshua Barrett 2018-yilning 1-yanvaridan mavsum oxirigacha EFL Ikkinchi ligasi vakili „Coventry City“ futbol klubi safiga ijaraga oʻtishga rozi boʻldi[6]. 2018-yilning 10-noyabrida Barret „Aldershot Town“ futbol klubi bilan bir oylik ijara shartnomasi imzoladi[7].

Bristol Rovers[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 7-yanvarda Barret „Bristol Rovers“ futbol klubi bilan ikki yarim yillik shartnoma asosida (nomaʼlum toʻlov evaziga) qoʻshildi[8][9]. Barrett COVID-19 pandemiyasi tufayli 2020-yil mart oyida muddatidan oldin yakunlangan 2019—2020-yilgi mavsumda klubda yaxshi oʻyin koʻrsata olmadi.

Joshua Barrett 2020—2021-yilgi mavsum davomida klub safida 9 ta oʻyinda maydonga tushdi[10]. Shundan soʻng, Joshua Barrett 2021-yil 1-sentyabrda klubni tark etdi.

Kingʻs Lynn Town[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 13-oktyabrda Joshua Barrett Milliy liga vakili „Kingʻs Lynn Town“ futbol klubi jamoasiga qoʻshildi[11].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar
Reading 2015—2016 Chempionat 3 0 0 0 0 0 0 0 3 0
2016—2017 Chempionat 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2017—2018 Chempionat 0 0 0 0 1 0 0 0 1 0
2018—2019 Chempionat 2 0 0 0 0 0 0 0 2 0
2019—2020 Chempionat 5 0 0 0 2 2 0 0 7 2
Jami 10 0 0 0 3 2 0 0 13 2
Coventry City (ijara) 2017—2018 Ikkinchi liga 6 0 2 0 0 0 0 0 8 0
Aldershot Town (ijara) 2018—2019 Milliy liga 5 0 2 0 0 0 0 0 7 0
Bristol Rovers 2019—2020 Birinchi liga 7 0 0 0 0 0 1 0 8 0
2020—2021 Birinchi liga 9 0 1 0 0 0 1 0 11 0
Jami 16 0 1 0 0 0 2 0 19 0
Kingʻs Lynn Town 2021—2022 Milliy liga 20 3 1 0 2 3 23 6
Jami 57 3 6 0 3 2 4 3 70 8

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „EFL: Club retained and released lists published“. English Football League (23-iyun 2016-yil). Qaraldi: 22-avgust 2016-yil.
  2. „Home of the Royals!“.
  3. „Josh Barrett“. fai.ie. Football Association of Ireland. Qaraldi: 10-may 2016-yil.
  4. „Josh Barrett: Reading youngster signs professional contract“. bbc.co.uk. BBC Sport (13-oktabr 2015-yil). Qaraldi: 10-may 2016-yil.
  5. „Huddersfield Town 3-1 Reading“. bbc.co.uk. BBC Sport (8-mart 2016-yil). Qaraldi: 8-mart 2016-yil.
  6. „Barrett pens new Royals contract and agrees Coventry loan move“. readingfc.co.uk. Reading F.C. (21-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 21-dekabr 2017-yil.
  7. „Barrett loaned to Aldershot in time for Bradford match“.
  8. „Josh Barrett signs for Bristol Rovers“. readingfc.co.uk/. Reading F.C. (7-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 7-yanvar 2020-yil.
  9. „Rovers Secure the Services of Josh Barrett“. bristolrovers.co.uk/. Bristol Rovers F.C. (7-yanvar 2020-yil). 2022-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-yanvar 2020-yil.
  10. „Josh Barrett Departs“. www.bristolrovers.co.uk (1-sentabr 2021-yil). 2022-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-noyabr.
  11. „LYNN SIGN BARRETT“. kltown.co.uk/. King's Lynn Town F.C. (13-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 13-oktabr 2021-yil.