Josh Radnor
Josh Radnor | |
---|---|
![]() Radnor 2013-yil Comic-Con Conventionda | |
Tavalludi |
Joshua Thomas Radnor 29-iyul 1974-yil |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi | Aktyor, qo'shiqchi |
Bilimi |
Kenyon College (BA) New York University (MFA) |
Faoliyat yillari | 2000-yildan hozirgacha |
Joshua Thomas Radnor (1974-yil 29-iyulda tugʻilgan)[1] — amerikalik aktyor, kinorejissyor, ssenariynavis va musiqachi. U CBS telekompaniyasining Emmy mukofotiga sazovor boʻlgan „How I Met Your Mother“ sitkomida Ted Mosby obrazi bilan mashhur. Radnor 2010-yilda „Happythankyoumoreplease“ komediyali drama filmida ssenariynavislik va rejissyorlik debyutini sinab ko‘rgan, ushbu film uchun Sundance kinofestivalining tomoshabinlar mukofotiga sazovor bo‘lgan va hakamlar hay’atining bosh mukofotiga nomzod deb ko‘rilgan.
2012-yilda Sundance kinofestivalida premyerasi boʻlib oʻtgan ikkinchi filmi „Liberal Arts“ga rejissyorlik qilgan va bosh rolni ijro etgan. Radnor „Amerika fuqarolik urushi“ dramatik serialida — PBS, "Mercy Street"da — doktor Jedediah Foster, „Rise" musiqiy serialida — Lou Mazzuchelli va „Hunters“ filmida Lonny Flash rollarini oʻynagan.
Yoshligi va taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]
Radnor Ogayo shtatining Kolumbus shahrida yahudiy oilasida tugʻilgan, oʻrta maktab maslahatchisi Carol Radnor hamda tibbiy amaliyot advokati Alan Radnorning oʻgʻli[2]. Radnorning ikki opasi bor: Melanie Radnor Silverman va Joanna Radnor Vilensky[3].
U Kolumbning chekkasida joylashgan Ogayo shtati, Bexley shahrida oʻsgan va konservativ iudaizm taʼlimoti asosida tarbiyalangan[4]. U Bexley High Schoolga[5][6] borishdan oldin yahudiy maktabi hisoblangan Kolumb Tora akademiyasida oʻqigan[7]. Undan keyin Kenyon kollejida tahsil oladi, u yerda maktabning teatr boʻlimi unga Paul Newman mukofoti bilan taqdirlagan. 1996-yilda kollejini drama boʻyicha sanʼat bakalavri yo‘nalishida tamomlagan[8]. Radnor 1999-yilda Nyu-York universitetining Tisch sanʼat maktabida aktyorlik mahorati boʻyicha bitiruv dasturida aktyorlik mahorati boʻyicha magistr darajasini olgan[8][9]. Radnor 1997-yilda Livnot U’Lehibanot bilan Tsfatdagi "Isroil tajribasi" dasturida qatnashdi.
Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
2008-yilda Radnor Los-Angeles Timesga: „Men transsendental meditatsiya bilan shugʻullanaman va uyimning bir qismi meditatsiya uchun ajoyib joy boʻladi deb oʻyladim“, deya intervyu bergan[10].
Radnor Cloud Cultning ashaddiy muxlisi. U 2016-yilda "The Seeker " filmini suratga olish uchun guruh bilan hamkorlik qilgan. Radnor buni shunday izohlaydi: „Men uchun musiqalar ko‘p narsani anglatadi. Lekin, ayniqsa, Cloud Cult musiqasining to‘g‘ri keladigan tomoni shundaki, u sizdagi bor hislarni qo‘zg‘atadi va uni yuzaga chiqaradi. Agar film buni uddalay olsa, kechalari uxlashim mumkin"[11][12].
Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |
Hali chiqarilmagan mahsulotlarni bildiradi |
Film[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil | Sarlavha | Rol |
---|---|---|
2001 | Not Another Teen Movie | Tour Guide |
2008 | The Negotiating Table | WGA Negotiator |
2010 | Happythankyoumoreplease | Sam Wexler |
2012 | Liberal Arts | Jesse Fisher |
2013 | Afternoon Delight | Jeff Boyardee |
2013 | The Galapagos Affair: Satan Came to Eden | John Garth (ovoz) |
2016 | The Seeker | Father |
2018 | Social Animals | Paul |
TBA | Three Birthdays | |
TBA | All Happy Families |
Televizion[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil | Sarlavha | Rol |
---|---|---|
2000 | Welcome to New York | Doug |
2001 | Off Centre | Mike Platt |
2002 | Law & Order | Robert Kitson |
2002 | The Court | Dylan Hirsch |
2003 | ER | Keith |
2003 | Six Feet Under | Will Jaffe |
2003 | Miss Match | Andrew Gilbert |
2005 | Judging Amy | Justin Barr |
2005-14 | How I Met Your Mother | Ted Mosby |
2007, 2009 | Family Guy | Ted Mosby (ovoz) |
2013 | Malviviendo | Himself/cameo |
2016-17 | Mercy Street | Dr. Jedediah Foster |
2018 | Rise | Lou Mazzuchelli |
2018 | Grey's Anatomy | John |
2020-hozirgacha | Hunters | Lonny Flash |
2021 | Centaurworld | Durpleton (ovoz) |
TBA | Fleishman Is in Trouble | Adam |
Musiqali videolar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil | Sarlavha | Rassom | Eslatmalar |
---|---|---|---|
2016 | "Let Me Be Your Girl" | Rachael Yamagata | Direktor[13] |
2017 | "Be Like the Being" | Radnor and Lee | Direktor |
2021 | "Afternoon" | Cinders | Direktor |
Bosqich[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil | Sarlavha | Rol | Manzil |
---|---|---|---|
2002 | The Graduate | Benjamin Braddock | Plymouth Teatri[14] |
2004 | The Paris Letter | Sam Arlen / Young Sandy | Kirk Douglas Teatri |
2011 | She Loves Me | Georg Nowack | Roundabout Teatri |
2014-2015 | Disgraced | Isaac | Lyceum Teatri |
2016 | The Babylon Line | Aaron Port | Lincoln Center |
2018 | Little Shop of Horrors | Seymour Krelborn | Kennedy Center |
Mukofotlar va nominatsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil | Ish | Mukofot | Natija |
---|---|---|---|
2010 | Happythankyoumoreplease | Sundance Film Festival Audience Award | Gʻolib |
Sundance Film Festival Grand Jury Award | Nominatsiya |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Happy birthday, Josh Radnor: See his star sign and read your horoscope“. Hello! (29-iyul 2014-yil). Qaraldi: 21-fevral 2020-yil.
- ↑ „Bexley natives to premiere award-winning film at Drexel“. ThisWeek Community News (30-iyun 2010-yil). Qaraldi: 28-fevral 2022-yil.
- ↑ Weiss, Vered. „Josh Radnor May Go on the Road after 'Disgraced' Closes on Broadway“. Jewish Business News (5-yanvar 2015-yil). Qaraldi: 21-fevral 2020-yil.
- ↑ Williams, Halie. „Josh Radnor: 'I love being from Columbus'“. The Lantern (25-sentabr 2013-yil). Qaraldi: 21-fevral 2020-yil.
- ↑ Spence. „Radnor: Not Your Average TV Star“. The Forward (12-mart 2008-yil). Qaraldi: 13-mart 2008-yil.
- ↑ „Josh Radnor on Talmud and 'Liberal Arts'“. The Forward (13-sentabr 2012-yil). Qaraldi: 14-noyabr 2012-yil.
- ↑ „Josh Radnor: Heart versus head - 'it's a big theme of my life'“. The Jewish Chronicle (4-oktabr 2012-yil). Qaraldi: 14-noyabr 2012-yil.
- ↑ 8,0 8,1 „Josh Radnor: How I Met Your Mother on CBS“. CBS. 3-aprel 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ „NYU Graduate Acting Alumni“. 30-may 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-dekabr 2011-yil.
- ↑ Sachs, Mark. „Plenty of spots to meet“. Los Angeles Times (28-noyabr 2008-yil). Qaraldi: 24-aprel 2014-yil.
- ↑ Jackson, Josh. „Cloud Cult Made a Gorgeous One-Hour Movie with Josh Radnor“. Paste (aprel 2016). Qaraldi: 22-yanvar 2017-yil.
- ↑ „Interview: 'How I Met Josh Radnor'“. StarPulse (15-yanvar 2009-yil). 31-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-fevral 2019-yil.
- ↑ Evatt. „Allison Janney clowns around in Rachael Yamagata's new video“. The Salt Lake Tribune (10-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 12-oktabr 2016-yil.
- ↑ „Josh Radnor“. Internet Broadway Database. Qaraldi: 11-yanvar 2012-yil.