José Miguel Cubero

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
José Miguel Cubero
José Miguel Cubero.jpg
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi José Miguel Cubero Loría
Tavallud sanasi 14-fevral 1987-yil (1987-02-14) (36 yosh)
Tavallud joyi Sarchí, Alajuela, Kosta-Rika
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Alajuelense
Raqami 33
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006-2014 Herediano 134 (16)
2009Puntarenas (Ijara) 17 (0)
2014-2016 Blackpool 19 (0)
2016-2017 Herediano 58 (4)
2017 Alcoyano 7 (0)
2018- Alajuelense 124 (9)
Milliy terma jamoa
2010- Kosta-Rika 53 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(5-oktabr 2021-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (26-mart 2022-yil uchun)

Jose Miguel Cubero Loria (1987-yil 14-fevralda tugʻilgan) — Kosta-Rikalik futbolchi, Liga Deportiva Alajuelense va Kosta- Rika milliy futbol jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi[1].

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kubero Sarchi shahrida tugʻilgan. U Herediano uchun professional debyutini 2006-yilning 26-martida Santakrusenyaga qarshi oʻtkazgan va 2009-yilda Puntarenasda ijara asosida oʻynagan. U 2013-yilning aprel oyida Herediano bilan shartnomani uch yilga uzaytirgan[2].

2014-yil 31-iyulda Cubero Chempionship jamoasi Blackpool bilan yana 12 oylik shartnoma imzolagan[3]. U " Blackpool "dagi debyutini 27-sentabr kuni " Norvich City "ga qarshi oʻyinda (3:1) oʻtkazgan. 2015-yilning avgust oyida Blackpool MLS klubi Sietl Soundersdan Kubero boʻyicha taklifni rad etgani va ular uning shartnomasini 12 oyga uzaytirishini daʼvo qilingan edi[4].

2017-yil 31-iyulda u CD Alcoyano bilan shartnoma imzolagan[5].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2007-yilda Kanadada oʻtkazilgan FIFA U-20 Jahon chempionatida ishtirok etgan.

Cubero Kosta-Rika terma jamoasi safida debyutini 2010-yil avgust oyida Paragvayga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazgan[6]. U oʻz mamlakatini FIFA Jahon chempionati saralash bosqichidagi 9 ta oʻyinda himoya qilgan va 2014-yilgi FIFA Jahon kubogi, 2011-yilgi Centroamericana kubogi hamda 2011-yilgi Amerika Kubogi[7]da oʻynagan. 2011-yilgi KONKAKAF Oltin kubogida ham ishtrok etgan.

Cubero Kosta-Rika terma jamoasi bilan 53 ta oʻyin oʻtkazib, ikkita gol urgan[8]. Ulardan biri 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida El Salvadorga qarshi oʻyin vaqtida urilgan, bu Kosta-Rikaliklarga muhim gʻalabani keltirgan. Cubero bu gʻalabani faoliyatidagi eng muhim gʻalaba deb hisoblaydi[9][10].

Kosta-Rika futbol boʻyicha 2014-yilgi Jahon chempionati chorak finalida Gretsiyani magʻlub etganidan soʻng, Cubero qattiq yigʻlagan. Ueylon Frensis esa u bilan birga „¡Llore conmigo, papi!“ deb baqirib bayramni nishonlamoqchi boʻlgan. („Men bilan yigʻla, dada!“), bu ibora hozir Kosta-Rikada mashhur[11].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alajuelense
  • Liga FPD : Apertura 2020
  • KONKAKAF ligasi : 2020

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Profile“. Goal.com. Qaraldi: 9-iyun 2011-yil.
  2. „José Miguel Cubero se queda en Herediano tres años“ (es). Al Dia (25-aprel 2013-yil).
  3. „Blackpool agree deal for Cubero“.
  4. O'Rourke. „Blackpool snub approach from Seattle Sounders for Jose Manuel Cubero“. HITC (6-avgust 2015-yil).
  5. Seserino. „El Alcoyano ficha al internacional de Costa Rica José Miguel Cubero“. Información (1-avgust 2017-yil).
  6. „Paraguay derrota 2-0 a Costa Rica en partido amistoso“ (es). La Nación (11-avgust 2010-yil). Qaraldi: 27-mart 2022-yil.
  7. Copa América 2011 — RSSSF
  8. „Costa Rica - J. Cubero - Profile with news, career statistics and history - Soccerway“. Soccerway. Qaraldi: 27-mart 2022-yil.
  9. Rodríguez, Paulo. „“Es el gol más importante” | José Miguel Cubero, seleccionado nacional | Diario Al Día“ (es). Al Día (14-oktabr 2012-yil). Qaraldi: 27-mart 2022-yil.
  10. „Tigo Sports on Twitter“ (en). Twitter. Qaraldi: 27-mart 2022-yil.
  11. Erickson, Andrew. „Crew Cuts: Francis' famous World Cup line parodied in Costa Rican commercial“ (en). The Columbus Dispatch (1-iyun 2017-yil). Qaraldi: 26-mart 2022-yil.