Jorulla Fayzullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jorulla Fayzullayevich Fayzullayev (1924.11.2 Toshkent — 1992.24.10) — gilromexanik olim, Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1974). Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1992), texnika fanlari dri (1971), prof. (1971). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1948). Toshkent toʻqimachilik texnikumida (1947—53), Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari intida (1953—60) oʻqituvchi. Oʻzbekiston FA Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi intida katta ilmiy xodim (1960); direktor (1962—63), direktor oʻrinbosari (1966—70), gidrodinamika lab. boshligʻi (1961 yildan).

Ilmiy ishlari suyuqlik va koʻp fazali muhitlar mexanikasi, gidrodinamika, qon gidrodinamikasi, sugʻorish gidrodinamikasiga oid. X.A. Raxmatulintsht koʻp fazali muhitlar oʻzaro kirishma harakati modeliga asoslanib, F. aralashmalar harakatiga oid masalalarni nazariy va eksperimental hal qildi. Reologik xususiyatlari har xil boʻlgan fazalardan iborat aralashmalar gidrodinamikasiga oid adabiyotlarda Raxmatulin — F. modeli termini kiritildi. F. bir fazali gidrodinamik modellarda Nyuton suyukligi va boshqa suyuqliklar xarakatiga oid qator masalalarni, yopishqoq va yopishqoqplastik suyuqliklar (suv, neft)ning quvurlardagi oqimiga boʻlgan qarshiliklarni kamaytirish tadbirini asoslab berdi. Toshkentdagi koʻchalardan biri uning nomi bilan ataladi.

Manbalar[tahrir]

  • Laminarnoye dvijeniye mnogofaznix sred v truboprovodax, T., 1966; Gidrodinamika odno i dvuxfaznix sred i yeyo prakticheskiye prilojeniya (v soavtorstve), T., 1980; Gidrodinamika pulsiruyushix potokov (v soavtorstve), T., 1986.