Jons Inigo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

JONS (Jones) Inigo (1573.15.7 -London — 1652.21.6) — ingliz meʼmori. Meʼmorlikni Italiya va Fransiyada (1596 va 1614-yillar oraligʻida) oʻrgangan. 1615—43-yillarda qirolga qarashli binolarning bosh nazoratchisi. J. oʻz qurilishlarida (Londondagi Uaytxoll saroy ansambli loyihasi, 1619—22; faqat "Banket" zali loyihasi yaratilgan. Grinvichdagi qirolicha villasi, 1616—35; Kentdagi Kobemxoll saroyining markaziy qismi, 1620 va b.) mujassamot yorqinligi va salobatli shakllarning oddiyligiga eʼtibor qilgan. Meʼmorlikda mumtoz mavzulardan keng foydalanishi va oʻziga xos ijodi bilan ingliz klassitsizmi yaratilishiga taʼsir etgan. Shuningdek, teatr rassomi sifatida ham faoliyat koʻrsatgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil