Jondor Tulenov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jondor Tulenov (1928.12.1, hozirgi Janubiy Qozogʻiston viloyatining Sayram tumani — 2002.29.12, Toshkent) — faylasuf olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978). Falsafa fanlari doktori (1962), professor (1963). Toshkent Davlat Universiteti huzuridagi Oliy oʻquv yurtlari ijtimoiy fanlap oʻqituvchilarining malakasini oshirish instituti professor (1971—72). 1972-yildan Toshkent pedagogika instituti falsafa kafedrasining mudiri, ayni paytda 1977—85 yillarda institutning ilmiy ishlar boʻyicha prorektori. Ilmiy ishlari dialektika, bilish nazariyasi, ijtimoiy falsafa masalalariga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1981). "Shuxrat" medali bilan mukofotlangan (1994).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Hayot falsafasi, T., 1993; Qadriyatlar falsafasi, T., 1997; Maʼnaviyatimizning hayotbaxsh qudrati, T., 1999; Falsafiy madaniyat va maʼnaviy kamolot, T., 2000; Dialektika nazariyasi, T., 2001.

Ad. Tashpulatov A., Burabayev M., Akademik Jandar Tulenov (filosofiya jizni i tvorchestva), Almati, 2002.