Jonatan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jonatan — kechpishar olma navi. Amerikadan keltirilgan. Jahon sortimentidagi asosiy navlardan biri. Daraxti oʻrta boʻyli, shox-shabbasi keng . Koʻchati oʻtqazilgach, 5-yili hosilga kiradi. Apr.ning oʻrtalarida gullaydi. Mevasi oʻrtacha (100—120 g), yumaloqchoʻziq, sirti tekis, och qizil rangda. Eti sargʻish, shirin, sershira, xushboʻy. Tarkibida 16,9% quruq modda, 12,2% qand, 0,5% kislota, 6,8 mg% vitamin S mavjud. Mevasi avg . oxirida yetiladi, noyabr oxiri — dek. boshlarigacha yaxshi saqlanadi. Toʻliq hosilga kirganda tupidan 150—200 kg hosil olinadi. Sovuqqa chidamli. Unumdor tuproqlarda va yaxshi parvarish qilinganda moʻl hosil beradi. Ayrim vaqtlarda mevasi saqlanganda dogʻlar hosil boʻlib, mazasi, koʻrinishi oʻzgaradi. Daraxti unshudring bilan kasallanadi. 1963 y.dan Oʻzbekistonning barcha viloyatlari uchun r-nlashtirilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil