Jokyakarta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jokyakarta, Yogyakarta - Indoneziyadagi shahar, Ya. va orolda. Alohida maʼmuriy birlik sifatida ajratilgan. Aholisi 3,1 mln. kishi (2000, shahar atrofi bilan). Temir yoʻl va shosse yoʻllar tuguni. Xalqaro aeroport bor. J. qadimdan hunarmandchilik markazi: maxsus usulda gazlama (batika) toʻqiladi, kumushdan badiiy buyumlar tayyorlanadi, yogʻoch oʻymakorligi rivojlangan. Sholi oqlash, shakarqand, tamaki va toʻqimachilik korxonalari bor. J. mamlakatning qad. madaniyat markazi. Meʼmoriy yodgorliklaridan J. sultonining saroyi (1755—60) va b. saqlangan. Xususiy muzey, tabiiy bogʻ, musulmonlar universitetlari bor. Turistlar koʻp keladi.

Tarixiy manbalarda J. dastlab 18-asr boshidan tilga olingan. 1755 y.dan gollandlar nazoratidagi J. sultonligining poytaxti, 1946—49 yillarda Indoneziya Respublikasining vaqtincha poytaxti boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil