Johnny Leverón

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Johnny Leverón
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Johnny Harold Leverón Uclés
Tavallud sanasi 7-fevral 1990-yil (1990-02-07) (34 yosh)
Tavallud joyi Yoro, Vengriya bayrogʻi Vengriya
Boʻyi 1.80 m
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Olimpia
Raqami 16
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007—2009 Promesas
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2013 Motagua 83 (9)
2013—2014 Vancouver Whitecaps FC 34 (0)
2015 Marathón 18 (1)
2015—2017 Correcaminos UAT 48 (3)
2017—2018 Marathón 37 (4)
2018—2019 Real España 34 (4)
2019- Olimpia 63 (1)
Milliy terma jamoa
2007 Gonduras U17 9 (4)
2008—2009 Gonduras U20 12 (1)
2010 Gonduras U21 2 (0)
2011—2012 Gonduras U23 7 (1)
2010- Gonduras milliy terma jamoasi 38 (4)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(21-may 2021-yil uchun)

Johnny Harold Leverón Uclés (1990-yil 7-fevralda tugʻilgan) — Gonduras terma jamoasi futbolchisi, Gondurasning Nacional de Fútbol de Ligasida oʻynaydi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yil dekabr oyida u „Motagua“ klubi bilan shartnoma imzoladi va klubda 2012-yilgacha oʻynadi. Leveron Gonduras chempionatidagi rasmiy debyutini 2009-yil 19-aprelda Motagua bilan San-Pedro- Suladagi Morathonga qarshi o‘yinda (3:6) toʻp surdi. Motagua bilan birga ligada 83 ta oʻyinda maydonga tushib, 9 ta gol urgan.

2013-yil yanvar oyida uning agenti xirijiy klublarg oʻtishni oʻy;ayotganligini maʼlum boʻldi. 2013-yilning fevral oyida u MLSda Vankuver Uaytkeps FC uchun oʻynash uchun shartnoma imzoladi.

2015-yilda Levenon Meksikaning Ascenso MX jamoasi Correcaminos UAT bilan shartnoma imzoladi[1].

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Leveron 2007-yilda Rio-Janeyroda boʻlib oʻtgan Panamerika oʻyinlarida Gondurasni himoya qilgan. U 17 yoshgacha boʻlganlar jamoasining sardori boʻlgan va oʻz jamoasi uchun uchta gol urgan. Shuningdek, u 2007-yilda Koreyada boʻlib oʻtgan FIFA U-17 Jahon chempionatida va 2009-yilda Misrda boʻlib oʻtgan FIFA U-20 Jahon chempionatida ishtirok etgan.

U Gonduras terma jamoasi safida debyutini 2010-yil aprel oyida Venesuelaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida o‘tkazgan va 2013-yil yanvar holatiga ko‘ra jami 22ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan. U oʻz mamlakatini FIFA Jahon chempionati saralash bosqichida bitta oʻyinda himoya qilgan va 2012-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan[2]. U 2011-yilgi UNCAF Millatlar kubogida hamda 2011-yilgi KONKAKAF Oltin kubogida oʻynagan.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro maydonlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tartb Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2010 yil 18 dekabr Estadio Olímpico Metropolitano, San-Pedro Sula, Gonduras  Panama 1 — 0 2-1 Oʻrtoqlik
2 2 — 1
3 2011 yil 21 yanvar Estadio Rommel Fernandes, Panama Siti, Panama  El Salvador 1 — 0 2-0 2011 yil Kubogi Sentroamerikana
4 2021 yil 13 iyul BBVA Stadium, Xyuston, AQSH  Grenada 3 — 0 4-0 2021 KONKAKAF Oltin Kubogi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. [laprensa.hn „Marathon confirmaficheje de leveroon“]. 28-avgust 2022-yilda asl nusxadan [Contenido publicado originalmente bajo licencia CC de atribución en: https://www.laprensa.hn/deportes/marathon-confirma-fichaje-de-leveron-al-correcaminos-ETLP875122 arxivlangan].
  2. „Johnny Leveron Bio, Stats, and Results“ (en). Olympics at Sports-Reference.com. 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-mart.