John Tucker

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
John Tucker
Tugʻilgan joyi 29-sentyabr 1964-yil (1964-09-29) (59 yosh)
Windsor, Ontario, Kanada
Boʻyi 6 ft 1 in (185 cm)
Ogʻirligi 185 lb (84 kg; 13 st 3 lb)
Pozitsiyasi Markaziy oʻyinchi
Maydondagi joylashgan oʻrni Oʻng qanot
Oʻynagan jamoalari Buffalo Sabres
Washington Capitals
New York Islanders
Tampa Bay Lightning
NHLga kirish drafti 31-oʻrin, 1983
Buffalo Sabres
Jamoalardagi faoliyat 1983—1996

John G. Tucker (talaffuzi: Jon G. Taker, 1964-yil 29-sentyabrda tug‘ilgan) — Kanadalik, sobiq professional xokkeyning markaziy oʻyinchisi bo‘lib, 1980—1990-yillarda Kanada Milliy xokkey ligasida o‘n ikki mavsum o‘ynagan. Faoliyati davomida Buffalo Sabers va Tampa Bay Lightning jamoalarida 177 ta gol urgan. Shuningdek, 656 marta doimiy mavsum oʻyinlarida 259 golli uzatma va 31 pley-off oʻyinida yana 28 ochko jamgʻargan. U yana bir necha mavsum Italiya va Yaponiyada ham oʻynagan.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tucker Buffalo jamaoasi tomonidan 1983 -yilgi NHLga draftida[1] 31-oʻrinda jamoaga tanlangan va Kitchener Rangers jamoasiga qarshi kichik musobaqada oʻynagan. 1982-yilda jamoa Memorial kubogini qoʻlga kiritgan[2]. Tucker 1983-yildan 1989-yilgacha Buffalo jamoasida oʻynagan. Uni 1990-yil 5-yanvarda Washington Capitals jamoasi sotib olgan[3]. Keyingi mavsumda Tucker Italiya ligasining HC Asiago jamoasiga qoʻshildi va 36 oʻyinda 88 ochko toʻpladi. Shuningdek, u liganing eng yaxshi oʻyinchisiga beriladigan Trofeo Gazzetino mukofoti gʻolibiga aylandi[1].

1996—1997-yilgi mavsumda Tucker Italiyaga qaytib, Milano klubida oʻynagan. Keyingi uch mavsumda esa John Yaponiyaning Kokudo Keikaku jamoasi bilan oʻynagan[4].

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yildan 2010-yilgacha Tucker oʻzining Italiyadagi jamoasi HC Asiagoda maslahatchi va vaqtinchalik murabbiy boʻlib ishlagan. 2010-yilda Tucker jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan.

2014-yil 17-aprelda Tucker Ontario Junior Xokkey Ligasining Buffalo Junior Sabers Junior A jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlangan[5].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuckerning hozirgi kunda Florida shtatining Tampa va Italiyaning Asiago shaharlarida oʻz uyi bor.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doimiy mavsum va pley-off oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xokkeychi statistikasi qisqartmalar ma'nolari
 GP  Oʻynalgan oʻyinlar  G  Gollar  A  Uzatmalar  Pts  Jamoa toʻplagan ochkolari  PIM  Penalti uchun
belgilangan daqiqalar
Doimiy mavsum Pley-off
Mavsum Jamoa Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM
1981—1982 Kitchener Rangers OHL 67 16 32 48 32 15 2 3 5 2
1982—1983 Kitchener Rangers OHL 70 60 80 140 33 11 5 9 14 10
1983—1984 Kitchener Rangers OHL 39 40 60 100 25 12 12 18 30 8
1983—1984 Buffalo Sabres NHL 21 12 4 16 4 3 1 0 1 0
1984—1985 Buffalo Sabres NHL 64 22 27 49 21 5 1 5 6 0
1985—1986 Buffalo Sabres NHL 75 31 34 65 39
1986—1987 Buffalo Sabres NHL 54 17 34 51 21
1987—1988 Buffalo Sabres NHL 45 19 19 38 20 6 7 3 10 18
1988—1989 Buffalo Sabres NHL 60 13 31 44 31 3 0 3 3 0
1989—1990 Buffalo Sabres NHL 8 1 2 3 2
1989—1990 Washington Capitals NHL 38 9 19 28 10 12 1 7 8 0
1990—1991 Buffalo Sabres NHL 18 1 3 4 4
1990—1991 New York Islanders NHL 20 3 4 7 4
1991—1992 Asiago HC Italy-A 18 16 21 37 6
1992—1993 Tampa Bay Lightning NHL 78 17 39 56 69
1993—1994 Tampa Bay Lightning NHL 66 17 23 40 28
1994—1995 Tampa Bay Lightning NHL 46 12 13 25 14
1995—1996 Tampa Bay Lightning NHL 63 3 7 10 18 2 0 0 0 2
1996—1997 HC Milan Italy-A 30 12 29 41 88
1997—1998 Kokudo Keikaku JPN 39 27 47 74 53
1998—1999 Kokudo Keikaku JPN 23 21 20 41 30
1999—2000 Kokudo Keikaku JPN 24 14 22 36 0
NHLdagi umumiy ochkolari yigʻindisi 656 177 259 436 285 31 10 18 28 20

Murabbiylik faoliyati statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Jamoa Liga Turi GP Natija
2011—2012 Asiago HC Italy-A Bosh murabbiy†
2006—2007 Asiago HC Italy-A Bosh murabbiy‡
2015—2016 Buffalo Jr. Sabres OJHL Bosh murabbiy 54 Jamoa 1-oʻyinda magʻlub boʻlgan
2014—2015 Buffalo Jr. Sabres OJHL Bosh murabbiy 54 Jamoa 1-oʻyinda magʻlub boʻlgan

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „John G. Tucker“. Legends of Hockey.net. Qaraldi: 2010-yil 19-aprel.
  2. „Memorial Cup 1982“. Kitchener Rangers.com. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 19-aprel.
  3. „John Tucker: Right Wing - Notes“. Capitals.com. Qaraldi: 2010-yil 19-aprel.
  4. „John Tucker“. Hockey Reference.com. 2008-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 19-aprel.
  5. „Official Site of the National Hockey League“. 2016-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-aprel.