Kontent qismiga oʻtish

John Kerr

Vikipediya, erkin ensiklopediya
John Kerr
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi John Kerr
Davlat Buyuk Britaniya
Tavalludi 2-iyun 1980-yil (1980-06-02) (44 yosh)
Broxburn, Shotlandiya
Sherigi Sinead Kerr
Uchishni boshlagan 1989
Yakunlagan 6 April 2011
Shaxsiy rekordlari
Standart raqs 37.02
Original raqs 60.13
Qisqa raqs 62.96
Erkin raqs 94.62

John Alastair Kerr (talaffuzi: Jon Elseyr Kerr; 1980-yil 2-iyun, Broksbern) - Buyuk Britaniya vakili sifatida musobaqalarda qatnashgan sobiq ingliz muz raqqosi. 2000-yilda opasi Sinead Kerr bilan juftlik hosil qilgan. Juftlik ikki karra (2009, 2011) Yevropa chempionatining bronza medali sohibi va 2004 — 2010-yillarda Britaniyaning milliy chempioni boʻlgan. 2010-yillarda Britaniyaning milliy chempioni boʻlgan. Juftlik 2006-yilda Italiyaning Turin shahrida bo‘lib o‘tgan qishki Olimpiya o‘yinlarida 10-o‘rinni, 2010-yilda Kanadaning Vankuver shahrida bo‘lib o‘tgan qishki Olimpiya o‘yinlarida 8-o‘rindan joy olgan.

Kerrlar juftligi 2011-yil aprel oyida konkida uchishdan isteʼfoga chiqqan.

John Kerr to‘qqiz yoshida opasini konkida uchayotganini tomosha qilganidan keyin bu sport turiga qiziqib qolgan. U 17 yoshga to'lgunga qadar yakka holda konkida uchish bo'yicha musobaqalarda qatnashgan.

Sinead Kerr bilan

[tahrir | manbasini tahrirlash]

John Kerr 2000-yilda opasi Sinead bilan juftlik hosil qilgan[1]. Kerrlar 2000-yilda oʻzlarining birinchi British Nationals musobaqasida ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritgan va oʻzlarining xalqaro debyutida — Ondrej Nepala xotirasiga bagʻishlangan 2000 Ondrej Nepela Memorial turnirida toʻrtinchi oʻrinni egallagan[2].

Juftlik 2001-yilda oʻzlarining ilk Britaniya chempionligini qoʻlga kiritgan va oʻzlarining birinchi Yevropa chempionatida kuchli oʻntalikka kirgan hamda 2004-yilgi Jahon chempionatida oʻn toʻrtinchi oʻrindan joy olgan. Juftlik 2005-yilgi Jahon chempionatida bellashib,12-oʻringa koʻtarilgan. Ular Jayne Torvill va Christopher Dean juftligidan keyin Yevropa chempionatida kuchli oʻnlikka kirgan birinchi britaniyalik muz raqqoslari boʻlgan[3].

Kerrlar 2009 — 2010-yillarda oʻzlarining ilk Gran-pri finaliga yoʻllanma oldilar va u yerda 4-oʻrindan joy oldilar. JuftlikYevropa chempionatida 5-oʻrin, 2010-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida 8-oʻrin va Jahon chempionatida ham 5-oʻrinni egallagan.

(Kerr bilan)

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2010 — 11

  • Exogenesis: Symphony Part 3

    Muse
Original raqs
2009 — 10

2007 — 08

    • Erin Shore
    • Auld Lang Syne

      Robbie Burns
  • Enigma
    • The Landing
    • Turn Around
    • Gravity of Love

GP: Gran-pri

Xalqaro
Musobaqa 00 — 01 01 — 02 02 — 03 03 — 04 04 — 05 05 — 06 06 — 07 07 — 08 08 — 09 09 — 10 10 — 11
Olimpiada 10 8
Jahon chempionati 14 12 11 11 8 7 5
Yevropa chempionati 10 8 8 5 6 3 5 3
GP Finali 4
GP Bompard 3 3
GP Cup of China 5
GP Rostelecom 9 5 4 WD
GP Skate America 5 5 3
GP Skate Canada 7 2
Finlandia Trophy 1 1
Nebelhorn Trophy 7 4 1
Golden Spin 6
Schäfer Memorial 2
Milliy
Britaniya chempionati 2 3 2 1 1 1 1 1 1 1
Shotlandiya chempionari 1 1
WD: musobaqani tark etgan
  1. Kempf, Susanne. „Always sticking to their guns, Part I“. AbsoluteSkating.com. Qaraldi: 2011-yil 7-fevral.
  2. „Ice dancing siblings forced to hang up their skates“. STV (2011-yil 30-mart). 2011-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 6-aprel.
  3. Flade, Tatiana. „Pechalat and Bourzat grab lead in the Short Dance“. GoldenSkate.com (2011-yil 26-yanvar). 2013-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.