John Glasworthy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

GOLSUORSI (Galsworthy) Jon (1867.14.8 - London - 1933.31.1) -ingliz yozuvchisi, dramaturgi. Dastlabki asarlari — "Toʻrt shamol" (1897) hikoyalar toʻplami, "Joslin" (1898), "Villa Rubeyn" (1900) romanlari yangi romantik yoʻnalish taʼsirida yozilgan. G. "Fariseylar oroli" (1904) romani bilan ijtimoiy-maishiy mavzuda romanlar turkumi yaratishga kirishdi. "Qoʻrgʻon", "Chorbogʻ" (1907), "Qardoshlik" (1909), "Patritsiy" (1911), "Frilendlar" (1915) romanlarida jamiyatdagi turli tabaqalar hayotidagi qarama-qarshiliklar aks ettirilgan. G. garchi adabiyotdagi yangi oqimlar — estetizm, naturalizm, modernizmga zamondosh boʻlsa ham, anʼanaviy realizm maktabiga sodiq qolib, uni yangi bosqichga koʻtardi. "Joy" (1907), "Kurash" (1909), "Adolat" (1910) va b. pyesalari mehnatkashlar hayoti haqida. Muayyan zodagon oilasi taqdiriga bagʻishlangan yirik epopeya — "Forsaytlar haqida qissa" (1906— 22), "Zamonaviy komediya" (1924—28), "Bobning yakuni" (1931—33) trilogiyalari va shu turkumga kirgan hikoyalarida 19-asr oxiri — 20-asrning birinchi choragidagi ingliz jamiyati hayoti mohirona tasvirlandi, jamiyatdagi kuchli va ojiz tomonlar hayotiy lavhalarda ochib berildi. G. asarlari koʻplab xorijiy tillarga tarjima qilingan. Nobel mukofoti laureati (1932).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil