Joel Hanley

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Joel Hanley
Hanley St. John's IceCaps klubida 2015-yil
Tugʻilgan joyi 8-iyun 1991-yil (1991-06-08) (32 yosh)
Keswick, Ontario, Kanada
Boʻyi 5 ft 11 in (180 cm)
Ogʻirligi 190 lb (86 kg; 13 st 8 lb)
Pozitsiyasi himoyachi
NHL
Sobiq jamoalar
Dallas Stars
Montreal Canadiens
Arizona Coyotes
Jamoalardagi faoliyat 2013—hozirgacha

Joel Hanley (talaffuzi: Joel Xanli) (1991-yil 8-iyunda tugʻilgan) – kanadalik professional xokkey himoyachisi. Joel Hanley Milliy xokkey ligasining (NHL) „Dallas Stars“ xokkey jamoasida oʻynaydi.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Joel Hanley Ontario shtatining Keswick shahrida tugʻilgan. Yoshligida Joel Hanley „York-Simcoe Express“ kichik xokkey jamoasi bilan 2004-yilda Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida ishtirok etgan[1].

Joel Hanley kollejdagi karyerasidan soʻng, Amerika xokkey ligasi vakili „Portland Pirates“ xokkey jamoasi bilan birinchi professional shartnomasini imzoladi. Joel Hanley 2013—2015-yillar oraligʻida ikki mavsumni „Portland Pirates“ xokkey klubi safida oʻtkazdi[2].

2015-yil 1-iyulda Joel Hanley „Montreal Canadiensxokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi[3]. Joel Hanley 2015—2016-yilgi mavsumni „Montreal Canadiens“ klubining shoʻbasi „St. Johnʼs IceCaps“ xokkey jamoasi bilan boshladi. 2016-yil 20-martda asosiy klub jamaosi Joel Hanleyni oʻz saflariga chaqirib olishdi[4]. Joel Hanley oʻsha kuni NHLdagi ilk oʻyinini „Calgary Flames“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (4:1 hisobida gʻalaba) oʻtkazdi[5]. Ikki kundan soʻng, Joel Hanley „Anaheim Ducks“ xokkey klubi ustidan 4-3 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda ikkita golli uzatma bilan NHL faoliyatidagi birinchi ikkita ochkosini qayd etdi[6].

2016-yil 22-iyun kuni „Montreal Canadiens“ xokkey klubi Joel Hanley bilan bir yillik ikki tomonlama yangi shartnoma imzolaganliklarini eʼlon qildi[7]. Joel Hanley 2016—2017-yilgi mavsumning asosiy qismini „IceCaps“ klubi bilan oʻtkazdi.

2017-yil 1-iyulda Joel Hanley „Arizona Coyotes“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi[8].

2018-yilning 1-iyulida Joel Hanley „Dallas Stars“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi[9]. 2019-yilning 20-fevralida „Dallas Stars“ klubi Joel Hanley bilan shartnomani yana ikki yilga uzaytirishdi[10].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2007—2008 Georgina Ice COJHL 38 8 22 30 45 9 3 5 8 6
2007—2008 Newmarket Hurricanes OPJHL 2 0 0 0 0
2008—2009 Newmarket Hurricanes OJHL 50 14 24 38 61 9 3 1 4 22
2009—2010 Newmarket Hurricanes OJHL 23 5 15 20 11 19 4 9 13 12
2010—2011 UMass Minutemen HE 28 3 15 18 24
2011—2012 UMass Minutemen HE 36 7 18 25 18
2012—2013 UMass Minutemen HE 33 5 11 16 46
2013—2014 UMass Minutemen HE 34 2 14 16 39
2013—2014 Portland Pirates AHL 15 0 5 5 16
2014—2015 Gwinnett Gladiators ECHL 3 1 0 1 0
2014—2015 Portland Pirates AHL 63 2 15 17 34 5 0 1 1 0
2015—2016 St. Johnʼs IceCaps AHL 64 5 8 13 25
2015—2016 Montreal Canadiens NHL 10 0 6 6 0
2016—2017 St. Johnʼs IceCaps AHL 65 2 20 22 34 4 0 0 0 2
2016—2017 Montreal Canadiens NHL 7 0 0 0 4
2017—2018 Tucson Roadrunners AHL 52 2 18 20 31 9 0 4 4 0
2017—2018 Arizona Coyotes NHL 5 0 0 0 0
2018—2019 Texas Stars AHL 60 8 20 28 32
2018—2019 Dallas Stars NHL 16 0 0 0 2 1 0 0 0 0
2019—2020 Texas Stars AHL 40 0 10 10 8
2019—2020 Dallas Stars NHL 8 0 2 2 6 12 1 1 2 4
2020—2021 Dallas Stars NHL 35 0 8 8 2
2021—2022 Dallas Stars NHL 44 2 4 6 4 7 0 0 0 0
NHL jami 125 2 20 22 18 20 1 1 2 4

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Pee-Wee players who have reached NHL or WHA“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-fevral.
  2. Cowan, Stu. „Canadiens prospects Hanley, Dietz seize their chance as injuries take toll on blue line“. Montreal Gazette (2016-yil 25-mart). Qaraldi: 2016-yil 26-mart.
  3. „One-year, two-way contract for Joel Hanley“. Montreal Canadiens (2015-yil 1-iyul). Qaraldi: 2016-yil 26-mart.
  4. Basu. „Habs announce Victory Bartley has a lower body injury, day to day, Joel Hanley has been called up #lookingupjoelhanley“. Twitter. Qaraldi: 2016-yil 20-mart.
  5. Beacon. „Habs' woes continue in 4–1 loss to Flames“. CTV News Montreal (2016-yil 21-mart). Qaraldi: 2016-yil 21-mart.
  6. Hickey. „In the Habs' Room: Goal was 'a great feeling' for Mike Brown“. Montreal Gazette. Qaraldi: 2016-yil 23-mart.
  7. „Canadiens agree to terms on a one-year contract with Joel Hanley“. Montreal Canadiens. Qaraldi: 2016-yil 22-iyun.
  8. „Coyotes sign Campbell, Hanley, Rinaldo and Sislo“. Arizona Coyotes (2017-yil 1-iyul). Qaraldi: 2017-yil 1-iyul.
  9. „Stars sign Joel Hanley to one-year deal“. Dallas Stars (2018-yil 1-iyul). Qaraldi: 2018-yil 1-iyul.
  10. „Stars re-sign defenseman Joel Hanley to two-year contract extension“. Dallas Stars. Qaraldi: 2019-yil 20-fevral.