Joe Jonas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Joseph Adam Jonas (talaffuzi: Jozef Adm Jonas; 1989-yil 15-avgustda tugʻilgan[1]) Joe Jonas (talaffuzi: Jo Jonas) sifatida maʼlum boʻgan amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va aktyordir. Aka-ukalari — Kevin va Nick bilan birga tuzgan Jonas Brothers pop guruhi aʼzosi sifatida shuhrat qozongan. Guruh Columbia leybli bilan shartnoma imzolab, 2006-yilda It's About Time nomli ilk albomini chiqaradi, ammo uning savdosi chaqqon boʻlmadi. Hollywood Records leybli bilan shartnoma imzolagandan soʻng, guruh 2007-yilda Jonas Brothers albomini omma eʼtiboriga havola etadi. Albom ularning mashhurlikka erishlarida katta hissa qoʻshadi. Bundan tashqari, guruh Disney Channel telekanalida efirga uzatilgan Camp Rock (2008) va uning davomi — Camp Rock 2: The Final Jam (2010) musiqiy telefilmlarida suratga tushdi va buning ortidan ham ancha-muncha mashhurlikka erishishdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Joe Jonas Biography“. AllMusic.com. Qaraldi: 2013-yil 2-dekabr.